Artyom Filiposyan: "Mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqaramiz"
04 mar 2015 13:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/164260_original.jpg)
![](/upload/storage/164260_220.jpg)
Artyom Filiposyan: "Mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqaramiz"
"Bunyodkor" - "Persepolis" o'rtasida kecha bo'lib o'tgan Osiyo CHempionlar ligasi 2-tur uchrashuvi mehmonlarning kichik hisobdagi mag'lubiyati bilan yakunlandi.
O'yindan so'ng Artyom Filiposyan bu bahs haqida o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
- Uchrashuv haqida fikringiz?
- Biz yaxshi o'ynaganimizni hamma ko'rdi. Ularda faqat bitta penalti va bitta darvozaga aniq zarba bo'ldi. Biz 90 daqiqa davomida hujum qildik, ammo to'p darvozaga kirmasa qiyin ekan. Gol urishga harakat qildik, lekin omad biz tomonda bo'lmadi. Mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqaramiz, oldinda yana o'yinlar bor, bu safar omad kulmagan bo'lsa, keyingisida aksi bo'ladi.
- Guruhdagi holat...
- Qo'rqinchli hech narsa sodir bo'lgani yo'q. O'n ettinchida Qatarning "Laxviya" klubini qabul qilamiz, agar g'alaba qozonsak hammasi joyida bo'ladi. Mehmonda ham 3 ochko olishga urinib ko'ramiz. Bu futbol. Bazida yomon o'ynab g'olib bo'lasan, bazida esa yaxshi harakat qilib mag'lub bo'lasan.
Marat Aksanov suhbatlashdi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar