So’nggi yangiliklar

20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  1 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  3 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6

Artur Yunusov: "Zaldagi muhitni so'z bilan tasvirlab berib bo'lmaydi" Yangiliklar

Artur Yunusov: "Zaldagi muhitni so'z bilan tasvirlab berib bo'lmaydi"

Teglar :  Artur Yunusov
Futzalchimiz Artur Yunusov Qirg'izistonga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin qiyin bo'ldi. Uchrashuv guruhda birinchi o'rinni olish olmasligimizni hal qilardi. CHunki, bungacha Saudiya Arabistoni va Livan terma jamoalari ham durang qayd etishgandi. Oldimizdagi vazifa esa, ushbu bahsda g'alaba qozonib birinchi o'rinni taminlab qo'yish edi. Qirg'izistonliklar ham agar yutqazib qo'yishsa qiyin vaziyatda qolishlarini tushunib turgandilar. SHu sababli, raqib ham o'yinga qattiq tayyorlandi. Asosiysi, 3 ochkoga erishdik va birinchi o'rin bilan guruhdan chiqdik.

Zaldagi atmosferani so'z bilan tasvirlab berib bo'lmaydi. Buning uchun o'sha erning o'zida, yani parketda bo'lish lozim. Muxlislarga buning uchun katta rahmat aytamiz. Umuman, bizni TV orqali qo'llab-quvvatlagan vatandoshlarimizga ham minnatdorchiligimizni bildirib o'taman.

Keyingi bosqich haqida gapirishga hali vaqt bor. Ungacha yana bitta o'yin o'tkazamiz. Hali chorak finalda kimga to'qnash kelishimiz aniq emas. O'yindan-o'yinga kuchayib borishimiz lozim. Ungacha hali vaqtimiz etarli", - deydi Artur Yunusov.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика