So’nggi yangiliklar

23:35Кейн Бундеслиганинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 23:05Григорий Колосовский: "Ғалаба бор, лекин гуруҳ босқичида тўхтадик"  0 23:00Европа лигаси. "Тоттенхэм" – "Манчестер Юнайтед". Финал учун таркиблар аниқ!  16 22:38Расман: Флик "Барселона" билан шартномасини узайтирди  1 22:09Никола Лазаревич: "Бугунги ўйинда футболчиларимнинг ҳаракатларидан кўнглим тўлди"  0 21:45Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир жамоага ҳурмат билан қараймиз"  0 21:24Ўзбекистон кубоги плей-офф босқичининг барча иштирокчилари аниқ. Қуръа қачон ўтказилади?  4 20:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичи якунланди. "Олимпик Мобиуз" кейинги босқичга йўлланма олди (бугунги натижалар)  11 20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  5 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7 18:45Франция терма жамоасига чақирилганлар рўйхати эълон қилинди  11 18:27"Футбол олами". Олмалиқда триллер, "Навбаҳор", "Пахтакор" ва "Насаф"нинг сафардаги ғалабалари — 10-тур ҳақида батафсил   2 17:13Жаҳон чемпионати бошланди. Бугун Ўзбекистон ўйнайди  6 16:57АПЛнинг жорий мавсумдаги энг ёмон трансферлари эълон қилинди (ТОП 10)  2 15:48Роналдунинг фитнес-браслети унинг биологик ёши 29да эканини кўрсатди: "Демак, яна 10 йил ўйнайман"  19

Artur Parvanov: “Qo'lqoplarimni hech kimga bermayman” Yangiliklar

Artur Parvanov: “Qo'lqoplarimni hech kimga bermayman”

Davralar oralig'ida “Navbahor”ga “Norin” jamoasidan ko'chib o'tgan darvozabon Artur Parvanov ortda qolgan bir qator uchrashuvlarda mahoratini namoyish etib, muxlislar hurmatiga sazovor bo'ldi.

Faoliyati davomida Toshkentning “Lokomotiv”, Jizzaxning “So'g'diyona”, Bekobodning “Metallurg”, Samarqandning “Dinamo” va Toshkentning “NBU-Osiyo” jamoalari sharafini himoya qilgan posbon bilan suhbatda bo'ldik.

- Artur “Norin”dan “Navbahor”ga oliy ligada yuqori saviyada to'p surish uchun o'tdingizmi yoki bosh murabbiyni deb “Navbahor”ga keldingizmi?
- Har ikki jihat ham “Navbahor”ga o'tishimda o'z o'rniga ega. Birinchidan birinchi liga peshqadam jamoalardan birida to'p surishdan ko'ra oliy ligada ishtirok etish yaxshiroq. “Navbahor” umuman boshqa saviyadagi jamoa. Bundan tashqari yuqori ligadagi raqiblar ham boshqa bo'lish bilan bir qatorda saviya ham yuqori. Birinchi ligadagi jamoalarning saviyasi deyarli bir xil. Bu hol ko'pchilik uchun sir emas. Quyi ligada malum vaqt davomida faoliyat yuritib, yuqori sari ko'tarilish imkoniga ega ekanligimni isbotlay oldim. SHuningdek, bosh murabbiy ham o'zimni “Navbahor”da sinab ko'rishimni taklif qildi va taklifni qabul qildim.

- Birinchi va oliy liga futboli o'rtasidagi farq nimada? “Norin” birinchi ligada kuchli uchlikdan joy olgandi. “Navbahor” esa oliy liga musobaqa jadvalida pastki o'rinlarni band etib turibdi.
- Oliy ligada o'ynash ancha mushkul. Balki jamoadagi o'zaro tushunmovchilik shu qadar o'z so'zini aytyaptimi yoki raqiblarni professionallik darajasi bilan bog'liq bosim tufaylimi bu erda o'ynash oson bo'lmayapti. Har vaqt diqqat etiborni jamlagan holda o'yinga 100 foiz emas, balki 200 foiz tayyor bo'lish talab etiladi. Oliy ligada uchrashuv o'rtalaridagi qarshi hujumni o'ziyoq bahs taqdirini hal qilishi mumkin. Sababi yuqori ligadagi futbol tezkorlik evazisiga tashkil etiladi. Bir soniyaga befarq bo'lsngiz, darvozangizga beshta to'p urishlari mumkin (kuladi).


- Ikkinchi davraning dastlabki uchrashuvini zaxira o'rindig'ida kuzatdingiz. Keyingi o'yinlardan boshlab esa asosiy tarkibda maydonga tushmoqdasiz. Darvozabonni almashtirish nima bilan bog'liq edi?
- Jamoa ichidagi raqobat bilan bog'liq. Avval mashg'ulotlar, keyin esa uchrashuvlarda o'zimni ustun tomonlarimni amalda ko'rsata oldim. SHu tariqa asosiy tarkibda o'z o'rnimga ega bo'ldim. SHu o'rinda bu erda o'z o'rnimni “Norin”dagiga qaraganda ushlab turishim ancha mushkul. “Navbahor”da nafaqat o'zimga, balki himoya va hujumda ham har kun ter to'kish talab etiladi. Aynan shu orqali o'zaro bog'liqlik tezroq amalga oshadi.

- Sizda uchrashuvlar oldidan amal qiladigan irimlar bormi?
- Uchrashuvdan oldin, soqolimni olmaymay, sochimga ham tegmaslikka harakat qilaman. Jamoadosh do'stlarim, soqolimni olmaslikni dangasalik bilan bog'lashadi. O'zim esa ularga shunday irimga amal qilaman deb aytaman (kuladi). Bundan tashqari qo'lqoplarimni ham hech kimga bermayman. Qo'lqoplarimga hech kim tegmasligi kerak.

- Bo'sh vaqtlaringizni qanday o'tkazasiz?
- Bo'sh bo'ldim deguncha uyga Toshkentga qaytaman. Vaqtimni oilam davrasida o'tkazishni xush ko'raman. Qizim bilan sayr qilishni yaxshi ko'raman. Har safar nimalarnidir o'ylab topib, parkka, futbolga yoki bo'lmasa shunchaki do'konlarni aylanamiz. Aynan shu orqali dam olaman. Umuman olganda bo'sh vaqtni o'zi bizda kamroq. Har kun shug'ullanamiz, mashg'ulotga tayyorgarlik ko'ramiz, mashg'ulotdan qaytamiz. O'yinlarga ozroq kun qolganda yuklamalar kamayadi. Ammo, bo'sh vaqtning miqdori uzaymaydi (kuladi).

- Bo'lajak o'yinlar oldidan o'z oldingizga qanday maqsadlar qo'yasiz?
- Har bir darvozabon mavsumni “quruq” o'tkazishni istaydi. Agarda himoyadagi jamoadoshlarim bilan birdamlikda harakat qiladigan bo'lsak, istalgan uchrashuvda o'z darvozam daxlsizligini taminlay olishimni bilaman. Lekin, bu kabi o'yinlar hozircha bizda bo'lgani yo'q. Asosiy maqsad musobaqa jadvalida yuqoriroq ko'tarilish. Bu haqda murabbiyla, muxlislar va rahbariyat ham gapirmoqda.

- Futbolda jamoa gol uradi, darvozabon to'p o'tkazib yuboradi degan ibora bor. “Darvozabon jamoa ichidagi jamoa” degan iboraga qo'shilasizmi?
- Agarda chiziqda turish oson deb o'ylasangiz biror-bir o'yinda darvozani qo'riqlab ko'ring. Ana o'shanda turli tomonlardan to'plar kelishiga guvoh bo'lasiz. Yuqoridagi fikrga kelsak, bunga qo'shilaman. Darvozabonlarni qo'riqchi deb ham atashadi. Maydondagi o'yinchilar oldinda harakat qilishadi. Posbon esa darvozani qo'riqlaydi. Biror-bir tezkor futbolchi yarim himoya va himoya chizig'idagi futbolchilarni aldab o'tadigan bo'lsa darvozabon bilan yolg'iz qoladi. Bunday lahzalarda vazit darvozabon bilan bog'liq bo'lib qoladi. SHu nuqtai nazardan olib qaraganda “darvozabon jamoa ichidagi jamoa” degan ibora to'g'ri bo'lib chiqadi. Lekin, himoyachining qo'pol xatoga yo'l qo'yib, o'ziga-o'zi gol olib kelishi yoqimsiz holat. Negaki, muxlislar bunda asosan darvozabonni aybdor qilib, unga etiroz bildirishadi. Maydondagi barcha futbolchilar shu sababli ham bir-biriga bog'liq bo'lishi kerak.

- Futbodan boshqa yana nimalar bilan shug'ullanasiz?
- Futbol o'ynayman, futbol tomosha qilaman, futbol ko'rish uchun o'yingohga boraman (kuladi). Umuman olganda biror-bir asarni mutoala qilishni yoqtiraman. So'nggi paytlarda klassik asarlarni o'qimoqdaman. Evgeniy Onegin asarini qaytadan o'qib chiqmoqdaman. Bunga qadar Anri SHarerning avtobiografiyasi bilan bog'liq asarini o'qib chiqdim. Kuchli asar ekanligi bilan etiborimni tortdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика