So’nggi yangiliklar

21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  0 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  1 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  16 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  18 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  7 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  3 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2

Artur: "Maydonda orzularimni ro'yobga chiqarishda davom etmoqchiman" Yangiliklar

Artur: "Maydonda orzularimni ro'yobga chiqarishda davom etmoqchiman"

Artur "Yuventus"dan "Liverpul"ga o'tganidan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Yarim himoyachi transfer oynasining so'nggi kunida sotib olish huquqi bilan ijara asosida Yurgen Klopp jamoasiga qo'shildi.

"Men bu erda bo'lganimdan va shunday emblemaga ega buyuk libosni kiyganimdan juda xursandman. Bu orzu edi", – deya gap boshladi braziliyalik xavbek.

- Kelajagingiz haqida ko'p gapirildi. Nega "Liverpul"ga o'tdingiz?

- Ko'p gaplashdik, fikr va qarashlarimiz bir-biriga to'g'ri keldi. SHuning uchun to'g'ri tanlov bo'lganiga ishonchim komil.

Juda xursandman va g'ayratliman. Maydonda orzularimni ro'yobga chiqarishda davom etmoqchiman. "Liverpul" uchun borimni berib o'ynayman.

- Ilgari katta klublarda o'ynagansiz, endi yana top-klubga o'tyapsiz. Hozir sizni ko'proq nima ilhomlantiradi?

- "Liverpul"ning ajoyib tarixi bor. "Liverpul"ga qarshi o'ynaganman. Men bu maydonda to'p tepish nima ekanligini yaxshi bilaman. O'shanda men "Liverpul"ga qarshi jamoa tarkibida edim, ammo hozir men to'g'ri tomondaman, shuning uchun juda hayajonlanyapman.

Ajoyib murabbiy va futbolchilarga ega top-klubdaman. Yuqorida aytganimdek, bu erda bo'lish – orzu.

- Har doim Premer-liga sizga mos keladi, deb o'ylaganmisiz?

- Hamisha o'zimni Angliya klubida sinab ko'rishni xohlaganman. Menimcha, APL – dunyoning eng yaxshi ligasi. Men doim shu erda o'ynashni xohlaganman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика