So’nggi yangiliklar

18:13"Андижон" — "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  2 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9

Artur Gevorkyan "yubiley-gol" ostonasida! Yangiliklar

Artur Gevorkyan "yubiley-gol" ostonasida!

Artur Gevorkyan Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubiga azo bo'lishga juda yaqin
Qarshining "Nasaf" klubi "snayperi" turkmanistonlik Artur Gevorkyan o'zining yubiley golini kiritishga ancha yaqinlashdi.

O'zbekiston chempionati, O'zbekiston Kubogi, OCHL va OFK musobaqalarida jamoalarimiz safida yuzlik marrani zabt etgan futbolchini O'zbekistonning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubiga qabul qilinishidan xabaringiz bor. Ayni paytda "Nasaf" tarkibida to'p tepayotgan turkmanistonlik legioner Artur Gevorkyan o'z gollarini sonini 97 taga etkazib oldi.
Artur Gevorkyan 2006-2009 yillar mobaynida "SHo'rtan" safida  Oliy liga doirasida 95 o'yin o'tkazib, raqiblar darvozasini 24 marotaba ishg'ol etgandi. 2010 yilda Toshkentning "Paxtakor" klubida bir mavsumni o'tkazgan Artur Gevorkyan Oliy liga uchrashuvlarida 23 bellashuvda maydonga chiqib, 2 bor gol kiritishni uddasidan chiqqandi. 2011 yildan boshlab "ajdar"ga aylangan Artur Gevorkyan "Nasaf" libosida Oliy ligada 101 o'yin o'tkazishga ulgurdi va raqiblari darvozasini 51 marotaba ishg'ol etdi. Artur Gevorkyan hozircha Oliy liga bahslarida 77 ta to'p kiritgan va futbolchi "SHo'rtan", "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari safida O'zbekiston Kubogi, OCHL va OFK o'yinlarida  yana 20 bor raqiblari darvozasini "o'qqa" tutgan. Umumiy hisobda Artur Gevorkyan jami 97 gol bilan "yuzlik"ka yaqinlashib qolgan. Yana uchta gol va Artur Gevorkyan Gennadiy Krasnickiy to'purarlar klubi azosiga aylanadi.

Demak "Nasaf" klubi Artur Gevorkyan uchun maxsus 100-raqamli libosni tayyorlayversin. Marra yaqin!

P.S. Umid qilamizki, Artur Gevorkyan ushbu yubileyni Dubayda "Al Ahli" bilan o'yindayoq amalga oshiradi. To'g'ri, bu qiyin masala. Lekin Artur Gevorkyan uchun to'y to'ydek bo'lsa, nur ustiga alo nur bo'lardi. Yuzlik marrani xet-trik bilan nishonlashga nima etsin, to'g'rimi?
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика