Artur Gevorkyan va SHuhrat Muhammadiev "Nasaf"da qoladi
23 okt 2014 14:18
Yangiliklar


Artur Gevorkyan va SHuhrat Muhammadiev "Nasaf"da qoladi
"Nasaf" jamoasining etakchi futbolchilari yangi mavsumda "Lokomotiv" safiga o'tishi haqida turli mish-mishlar tarqalgandi.
Biz ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida "Nasaf" klubi sport direktori Vitaliy Ni bilan bog'landik.
"Bu xabarlarning hammasi mish-mish. Biz o'z etakchilarimizni boshqa jamoaga berib yubormoqchi emasmiz. Xususan Artur Gevorkyan va SHuhrat Muhammadievlarning amalda jamoa bilan tuzgan shartnomalari mavjud. Ular kelasi mavsumni ham "ajdarlar" safida o'tkazishadi", - deydi klub sport direktori Vitaliy Ni.
SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Fikrlar