So’nggi yangiliklar

18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  1 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2

Artur Gevorkyan "Nasaf"ni nima uchun tark etganini oshkor qildi Yangiliklar

Artur Gevorkyan "Nasaf"ni nima uchun tark etganini oshkor qildi

"Nasaf"ning turkmanistonlik legioner futbolchisi Artur Gevorkyan o'z faoliyatini Toshkentning “Lokomotiv” klubida davom ettiradigan bo'ldi.

Uning bu qarorini klubimiz hurmat qiladi. Artur Gevorkyan safimizda ajoyib faoliyat olib bordi. SHuningdek uning klubimiz yutuqlariga qo'shgan hissasi ham juda salmoqlidir.
 
Klubimiz rahbariyati uning jamoamizda olib borgan faoliyati va ajoyib o'yinlari uchun tashakkur bildiradi va uning keyingi faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qoladi.
 
- “Nasaf” jamoasidagi faoliyatim,  ajoyib davrim bo'ldi. Bu jamoada katta yutuqlarga erishdim. Bundan juda minnatdorman. Hech qanday noroziligim yo'q. Hammasi ko'ngildagidek bo'ldi. Buning uchun klub rahbariyatiga va muxlislarga o'z minnatdorchiligimni aytib o'tmoqchiman.

Ammo jamoada yangilanish bo'lishi kerak, yangi kuchlar maydonga chiqishi kerak. SHu maqsadda “Nasaf”dan boshqa jamoaga o'tishga qaror qildim. Buni “Nasaf” jamoasi muxlislari to'g'ri tushunishadi degan, umiddaman. SHaxsan men barcha muxlislarni hurmat qilaman, meni doimo qo'llab-quvvatlaganlarini yodimdan chiqarmayman. Hammalaringizga rahmat, - deydi Artur Gevorkyan.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика