Artur Gevorkyan "Nasaf"dagi xayrlashuv o'yinini "Andijon"ga qarshi o'tkazadi
04 iyu 2016 22:20
Yangiliklar


Artur Gevorkyan "Nasaf"dagi xayrlashuv o'yinini "Andijon"ga qarshi o'tkazadi
Qarshining "Nasaf" jamoasidan "Lokomotiv"ga o'tgan turkmanistonlik vinger Artur Gevorkyan ertaga "ajdarlar" safidagi oxirgi o'yinini o'tkazadi.
"Lokomotiv" bilan shartnoma imzolagan Artur Gevorkyan "Nasaf" tarkibidagi so'nggi o'yinni o'tkazish uchun Andijonga yo'l oldi.
Ertaga Andijonda "Nasaf" O'zbekiston kubogi doirasida "Andijon" bilan kuch sinashadi va shundan so'ng jamoa tanaffusga chiqadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar