So’nggi yangiliklar

20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 2:0 (матнли трансляция)  12 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" 1:2 (матнли трансляция)  3 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1

Artur Gevorkyan: "Nasaf" muxlislarini sog'inaman, "Lokomotiv" bilan esa oliy maqsadimga erishmoqchiman" Yangiliklar

Artur Gevorkyan: "Nasaf" muxlislarini sog'inaman, "Lokomotiv" bilan esa oliy maqsadimga erishmoqchiman"

O'zbekiston chempionatida to'p surgan va faoliyat ko'rsatayotgan eng muvaffaqiyatli legionerlardan biri sanaladigan Artur Gevorkyan bilan qisqacha intervyu uyushtirdik.


"Nasaf" jamoasining deyarli afsonasiga aylangan Artur Gevorkyan bir necha yillar davomida "ajdarlar" sharafini munosib himoya qilib keldi.

Artur Gevorkyan "Nasaf" safida OFK kubogini, O'zbekiston kubogini, O'zbekiston Superkubogi, O'zbekiston chempionati kumush medali, O'zbekiston chempionati bronza medallarini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. "Ajdarlar"ning ushbu muvaffaqiyatida Artur Gevorkyanning xizmatlari juda katta bo'lganini hech kim inkor etolmaydi.

Artur Gevorkyan hozircha qadar ko'plab sovrinlarni yutgan, ammo turkmanistonlik futbolchi O'zbekiston chempioni degan nomga sazovor bo'lmagan.

O'zbekiston chempionligi uchun bir necha yillardan buyon tinimsiz kurashayotgan "Lokomotiv" jamoasi esa yaqinda ushbu ajoyib vingerni o'z safiga qo'shib oldi.

Ayni paytda Minskda ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rayotgan "Lokomotiv" jamoasining yangi azosi bilan bog'landik va qisqacha suhbatlashishga muvaffaq bo'ldik.


- Artur, ishlar yaxshimi? Yangi jamoadagi ilk taassurotlar bilan o'rtoqlashsangiz...

- "Lokomotiv" jamoasi meni kutilganidan ham iliq qarshi oldi. Bu erdagi ko'plab futbolchilar bilan tanishman. Bu ham yangi jamoaga kirishib, ko'nikib ketishimga yordam beradi. To'g'risi, "temiryo'lchilar" ichki muhiti ancha yoqimli. Menga hammasi maqul kelmoqda.

- "Lokomotiv" ancha yillardan buyon siz bilan qiziqib kelayotgandi. Ammo har doim "ajdarlar"ga sodiq qolgandiz. Ko'pchilik kutilmaganda esa ikkinchi davra oldidan tezda "temiryo'lchi"ga aylandingiz. Bu siz uchun ham kutilmagan voqea bo'ldimi?

- Barchasi tez amalga oshdi. Lekin ushbu transfer har ikkala tomonning o'zaro kelishuviga asosan sodir bo'ldi. "Nasaf" esa doimo meni qalbimda, yuragimning to'ridan joy olgan jamoa sifatida qolaveradi. Lekin futbolda futbolchi bu jamoadan narigi klubga o'tib ketaveradi. Bu futbol va buni to'g'ri qabul qilish kerak. Men "Nasaf" muxlislarini sog'inaman.

- "Nasaf"ning muvaffaqiyatsiz o'yinlaridan keyin murabbiy sizdan norozi bo'lgan, degan gaplar uchramoqda. Erkin Boydullaev va Artur Gevorkyanning jamoadan ketishiga ham murabbiy va futbolchilar o'rtasidagi munosabatlar sabab bo'lgan ekan. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?

- Har bir jamoada muammolar yuzaga keladi. Bu muammolar klub ichida qolgani maqul. SHu bois bunga izoh bermoqchi emasman. SHunisi aniqki, men "Nasaf"ga keyinchalik ham omad va zafarlar tilab qolaman. Klubdagi barchaga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiraman. Ayniqsa "Nasaf" ishqibozlariga katta rahmat aytaman. Hali aytganimdek, ularni sog'inib qolaman.

- "Lokomotiv"da sizga ko'proq nima maqul kelmoqda?

- Bu erda menga barcha narsa yoqmoqda. Jamoaning ichki muhiti ajoyib darajada. Mashg'ulotlar jarayoni ham alo. Futbolchilar o'rtasida ham ahillikni his etish mumkin. Hammasi juda zo'r.

- Murabbiy bilan o'zaro gaplashib oldinglarmi? "Lokomotiv" bosh murabbiyi Artur Gevorkyandan nimani xohlayotganini aytdimi?

- Meni vazifam aniq. Gevorkyan "Lokomotiv"ga sovrinlarni qo'lga kiritishida yordam berishi kerak. SHu bois men o'z ishimga qattiq kirishganman.

- "Lokomotiv"da Artur Gevorkyan qaysi raqamda o'ynashini aniqlab oldimi?

- Ha, 71-raqamni tanladim.

- O'tgan yilgi suhbat chog'ida O'zbekiston chempioni bo'lsam, unda sochimni tagi bilan oldirib tashlayman, deb vada bergandiz. "Lokomotiv" chempionlik uchun kurashmoqda. Mavsum so'nggida vazifa uddalansa, o'sha vada o'z kuchida qoladimi? Yani Artur Gevorkyanni yangi imijda ko'ramizmi?

- Men so'zimdan qaytadigan nomard emasman. Demak vada o'z kuchida qoladi.

- Artur Gevorkyan O'zbekiston Kubogini, O'zbekiston Superkubogini, OFK Kubogini, chempionatimizning bronza va kumush medallarini qo'lga kiritgan. Lekin sizda "Loko"da bo'lgani kabi O'zbekiston chempioni nomi yo'q. Bu narsa "Lokomotiv" bilan chempionlikni qo'lga kiritish uchun sizni yanada qattiq oldinga chorlaydimi?

- Albatta. Bu jihat meni yanada kuchliroq o'ynashga, o'z maqsadimizga erishish uchun borimni ayamay berishga undaydi. "Lokomotiv" bilan uzoq kutilgan chempionlikni nishonlamoqchiman. Bu esa katta mehnatni talab qiladi. "Lokomotiv" bilan yangi marralarni, yuqori cho'qqilarni zabt etishimiz kerak.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика