Artur Gevorkyan: "Muxlislarga katta rahmat, bugungi muhitda o'ynash yoqimli bo'ldi"
17 okt 2015 20:43
Yangiliklar


Artur Gevorkyan: "Muxlislarga katta rahmat, bugungi muhitda o'ynash yoqimli bo'ldi"
Finaldan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "Nasaf" sardori Artur Gevorkyan ham ishtirok etdi va o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Avvalo muxlislarni tarixiy g'alaba bilan tabriklayman. Ularning ko'magi bugun bizga juda qo'l keldi. Bu kabi muhitda o'ynash juda yoqimli bo'ldi. G'alabadan esa juda xursandmiz. O'yin chiroyli va juda keskin ruhda o'tdi. Hammasi biz uchun juda yaxshi tugadi. Biz haqli g'alabaga erishdik deb o'ylayman. Maydon holati futbol o'ynashga imkoniyat berardi va bu borada hech qanday muammo bo'lmadi. Bugun bizda ishtiyoq kuchlilik qildi va shu boisdan kerakli natijaga aynan biz erishdik", - dedi Artur Gevorkyan.
O’xshash yangiliklar
01:10
Maksim Shackix: "Nasaf"dan qo'rqqanimiz yo'q. Istasangiz meni Xavi deb atang, menga farqi yo'q" 0

Fikrlar