So’nggi yangiliklar

18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  1 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  1 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  0 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  5 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  1 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  5 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  19 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  6 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  2 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  7 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  7

Artur Gevorkyan: "Eng yaxshi futbolchi bo'lishim men uchun kutilmagan yangilik bo'ldi" Yangiliklar

Artur Gevorkyan: "Eng yaxshi futbolchi bo'lishim men uchun kutilmagan yangilik bo'ldi"

2015 yilda O'zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan "Nasaf" sardori Artur Gevorkyan ushbu yutuqda jamoadoshlarining xizmatlari katta bo'lganini takidlab o'tdi.


- Artur, sovrin muborak! 2015 yilgi O'zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo'lishingizni kutganmidingiz?

- To'g'risi, kutmagandim. Bu men uchun kutilmagan yangilik bo'ldi. Albatta bu kabi sovrinlarni yutish futbolchi uchun juda quvonarli holat. O'tgan yili biz O'zbekiston kubogini qo'lga kiritishni o'z oldimizga vazifa qilib qo'ygandik. SHu bois bor etiborimni jamoaviy yutuqlarga qaratganman. Meni eng yaxshi deb topishgani uchun xursandman. Bu yutuq zamirida nafaqat meni, balki butun jamoadoshlarimning xizmatlari yotibdi. Ularsiz men bu kabi sovrinlarga ega chiqolmasdim. SHu fursatdan foydalanib, men butun jamoadoshlarimga, murabbiylarimga rahmat aytmoqchiman. Bu sovrinda ularning xizmatlari yuqori.

- Yangi mavsumda o'z oldizga qanday maqsadlarni qo'ygansiz?

-  Men uchun jamoaviy yutuqlar katta ahamiyat kasb etadi. SHu bois shaxsiy maqsadlarni bir chetga surib qo'ygan holda, bor etiborimni jamoaviy maqsad va vazifalarni  amalga oshirishga qarataman.

- 2015 yilda Samvel Babayan O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Ro'ziqul Berdiev esa so'rovnoma natijalariga ko'ra, ikkinchi o'rin bilan chegaralandi. Sizningcha, o'tgan yili kim eng yaxshi murabbiy bo'lishga loyiq edi?

- Menga qolsa Ro'ziqul Berdievni birinchi o'ringa qo'ygan bo'lardim. O'tgan mavsumda Berdiev O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi. CHempionatda bronza medallarini oldik. Mana yaqinda O'zbekiston Superkubogida ham zafar quchdik. To'g'risi, bu so'rovnomada kimlar ishtirok etadi va qay tarzda aniqlashadi bilmadim-u, ammo mening shaxsiy qarashimcha, Ro'ziqul Berdiev 2015 yilda eng yaxshi murabbiy bo'lishga munosib edi. Bu bilan Samvel Babayanni ranjitmoqchi emasman. Babayan ham yaxshi mutaxassis. Bu ikki murabbiy bir-biridan farq qiladi va ularning futbolga bo'lgan qarashi ham boshqacha. Men uchun Ro'ziqul Berdiev eng yaxshi murabbiy.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика