Arteta va Allegri - “Arsenal” bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlar!
13 may 2018 09:26
Yangiliklar


Arteta va Allegri - “Arsenal” bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlar!
“Manchester Siti” klubi ustozi Xosep Gvardiolaning assistenti, yani yordamchisi Mikel Arteta “Arsenal” bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida etirof etilyapti.
SHuningdek, bu lavozimga “Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining nomzodi ham ko'rib chiqilyapti. “Kanonirlar” rahbariyati aynan mana shu ikki mutaxassisga bor etiborini qaratgan.
“Arsenal” ijrochi direktori Ivan Gazidis hamda klub xo'jayini Sten Kronkening o'g'li Josh yangi mavsumda jamoani Arteta yoki Allegri boshqarishini istashmoqda. So'nggi 22 yil davomida London klubini boshqargan Arsen Venger mavsum yakunlangach “Arsenal”ni tark etadi.
Malumot uchun, Mikel Arteta futbolchilik davrida "Arsenal" sharafini himoya qilgan.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar