Arteta tez orada amalga oshadigan transfer haqida gapirdi
07 jan 2021 21:15
Yangiliklar


Arteta tez orada amalga oshadigan transfer haqida gapirdi
“To'pchilar” tez orada “Gerta” himoyachisi Omar Rekikni o'z safiga qo'shib oladi.
19 yoshli o'yinchi londonliklar bilan mashg'ulot o'tkazishga ulgurdi. Rekik “Arsenal”dagi faoliyatini yoshlar (U23) jamoasidan boshlaydi.
“Imkon bo'lishi bilan transferni elon qilamiz. Rekik – yosh istedod egasi, biroz muddat uni kuzatdik. Uning kelajagi juda porloq ekanligiga ishonamiz”, deydi Mikel Arteta.
Rekik Niderlandiya U18 terma safida harakat qilgan, ammo keyinchalik Tunis yoshlar jamoasi o'ynashdi maqul ko'rdi. Futbolchi “Gerta”ning asosiy jamoasida birorta ham o'yin o'tkazmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar