Arteta qizil kartochkalar ko'payib ketganidan norozi
11 fev 2022 08:28
Yangiliklar
Arteta qizil kartochkalar ko'payib ketganidan norozi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Vulverxempton"ga qarshi o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"CHetlatish sabab bizda muammolar yuzaga keldi. "Vulvs" etti nafar futbolchisi bilan hujumga o'tdi. "Nol"ga o'ynash qiyin edi. Ammo biz jarima maydonimizda juda yaxshi himoyalandik. O'yindan-o'yinga kuchayib borishimiz lozim.
Martinellining chetlatilishi? 18 yil shu mamlakatda yashadim va bunaqasini xech qachon ko'rmaganman.
O'n kishi bo'lib g'alaba qozonish qiyin. Bu muammoni hal qilishimiz kerak. Buni muhokama qildik. G'oyalarim tugadi. Buni qanday qilib tugatish mumkin?
Qolgan 16 turda biz to'liq tarkibda o'ynashimiz kerak. 10 kishi bo'lib g'alaba qozonish qiyin", - dedi ispaniyalik murabbiy.
Fikrlar