Arteta: "Pepening noroziligi? Bu yaxshi holat"
25 dek 2021 00:59
Yangiliklar
Arteta: "Pepening noroziligi? Bu yaxshi holat"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta vinger Nikolya Pepe kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan norozilik bildirgani borasida gapirdi.
Oldinroq ispaniyalik mutaxassis futbolchining nimalarga qodirligini va bunday holat futbolda bo'lib turishini aytib o'tgandi.
"Pepe kam o'yin amaliyotidan mamnun emas? Bu yaxshi holat. Biror futbolchi kam o'ynab, o'zini yaxshi his qilsa - yomon holat bo'ladi. Nikolya mendan arazlab olganidan unchalik hafa emasman. U ko'proq o'ynashni istamoqda. Ammo klubni qattiq hurmat qiladi. SHu boisdan biz uni qadrlaymiz", - dedi Arteta.
"Kanonirlar" futbolchini "Lill"dan 80 million evro evaziga sotib olgandi.
Fikrlar