Arteta murabbiylar shtabi 2027 yilgacha "Arsenal"da qoladi
10 apr 15:18
Yangiliklar


Arteta murabbiylar shtabi 2027 yilgacha "Arsenal"da qoladi
"The Standard" nashrining xabar berishicha, "Arsenal" Mikel Arteta murabbiylar shtabining besh azosi bilan shartnomalarni uzaytirdi.
London klubi bosh murabbiy shtabining besh azosi – uning yordamchilari, darvozabonlar murabbiyi va standart vaziyatlar bo'yicha mutaxassis bilan shartnomalarni yangiladi. Ularning barchasi o'tgan yilning sentyabr oyida murabbiyning o'zi bilan uzaytirilgan shartnomaga muvofiq 2027 yilgacha amal qiladigan yangi kelishuvlarni imzoladi.
Ilgari murabbiylar Arteta bilan bir vaqtda yangi shartnomalarni imzolashni rejalashtirgandi, ammo bir paytning o'zida bir necha kishi bilan shartlarni kelishish kerakligi sababli bu jarayon murakkab kechayotgandi. Shuningdek, "Arsenal" Itan Nvaneri va Maylz Lyuis-Skelliga ham yangi bitimlar taklif etgan.
"Arsenal"ni standartlar bo'yicha Evropaning eng kuchli jamoasiga aylantirgan murabbiy
O’xshash yangiliklar

Fikrlar