Arteta: “Hafsalam pir bo'ldi”
26 okt 2020 08:05
Yangiliklar
Arteta: “Hafsalam pir bo'ldi”
“Arsenal” APL 6-turida “Lester”ga 0:1 hisobida yutqazdi. O'yindan so'ng londonliklar ustozi fiklari bilan bo'lishdi.
“Hafsalam pir bo'ldi, boisi birinchi bo'limda hammasi o'z qo'limizda edi. Qanday qilib golimizini bekor qilganini ham tushunmay qoldim. Ular esa bizni qarshi hujumda ushladi va yutqazdik. Himoyada to'p uchun 10 kishi kurashayotgan vaqtda ustunlikka ega bo'lish qiyin, ammo biz o'yinni yaxshiroq yakunlashimiz kerak edi. Ish shunday vaziyatlarga qadar borib taqalar ekan, imkoniyatni qo'ldan chiqarmaslik kerak. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng bizda vaziyatlar bo'ldi, biroq biz juda ko'p xatolar yo'l qo'ydik”, — deydi Arteta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar