Arteta Evropa Ligasi yarim finali oldidan "Vilyarreal"ni maqtadi
28 apr 2021 23:42
Yangiliklar
Arteta Evropa Ligasi yarim finali oldidan "Vilyarreal"ni maqtadi
"Biz qiyin raqibga tushdik, lekin yarim finalda o'ynashdan juda baxtiyormiz. "Vilyarreal"ning so'nggi 10-15 yildagi o'sishi odamni hayratlantiradi. Jamoani turli murabbiylar boshqarganiga qaramasdan, o'z tamoyillariga sodiq qoldi. Unai Emeri ushbu turnirda jamoani juda yaxshi ko'rinishga olib keldi. Men uning o'yin g'oyalarini alohida qayd etishim mumkin: jamoa to'p bilan nima qilishni va to'psiz qanday o'ynashni biladi. Ularda o'yin taqdirini har qanday daqiqada hal qila oladigan futbolchilar bor. Bundan tashqari, jamoa o'yin jarayoniga moslashishi va shu orqali taktikani o'zgartirishi mumkin", – deya so'z yuritdi Arteta.
Eslatib o'tamiz, Evropa Ligasi yarim finali doirasidagi "Vilyarreal" va "Arsenal" o'rtasidagi birinchi o'yin 29-aprel kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.
Fikrlar