Arteta derbida yo'qotilgan ochkolar haqida gapirdi
27 avg 2023 10:39
Yangiliklar
Arteta derbida yo'qotilgan ochkolar haqida gapirdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta APLning 3-turida "Fulxem"ga qarshi o'yinda yo'qotilgan ochko haqida gapirdi.
"Ularga ilk daqiqadanoq gol sovg'a qilib, ishimizni qiyinlashtirib yubordik. O'yinning boshidan oxirigacha barcha jihatlarda ustunlik qildik, g'alabaga loyiq edik, biroq bu futbol. Futbolda siz 35 marta zarba berib, raqibga yarimta imkoniyat taqdim qilib ham mag'lub bo'lish mumkin.
Ha, bunday natija mag'lubiyat kabi tuyuladi. Jamoaning o'yinini ko'rib turib, g'alabaga loyiqligini tushunib turibsiz. Raqib 2, 3, 4 yoki 5ta gol urishining ahamiyati yo'q, Siz 3, 4, 5 yoki 6ta gol urishingiz kerak. Bugun buning iloji bo'lmadi, lekin ligamiz shunday", - dedi Arteta.
Fikrlar