Arteta: "Biz ko'p o'ynayapmiz. Bu esa..."
15 jan 2021 08:32
Yangiliklar


Arteta: "Biz ko'p o'ynayapmiz. Bu esa..."
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Kristal Pelas"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yinimizda yangilik va hujumda sifat etishmadi. Ko'plab usullarni qo'llab ko'rdik, ammo golli vaziyat yarata olmadik. G'alaba va bir necha gol ko'rishni istagandim, ammo biz charchab qoldik. To'pni yo'qotdik.
Roy Xojson faoliyati davomida mana shunday o'yin ko'rsatgan. Aynan shunday usulda u ko'plab jamoalarni mag'lubiyatga uchratgan. Bizda o'yin uchun reja bor edi, ammo realizaciyada kamchilik bo'ldi.
Biz ko'p o'ynayapmiz. Ko'rib turganingizdek bu natijaga tasir ko'rsatmoqda. Ushbu o'yinda g'alaba qozonish uchun o'yinimizda sifat etishmadi", - dedi Arteta.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar