Arteta: “Asosiysi ilk o'yindagi g'alaba edi, ammo hali qiladigan ishlarimiz etarlicha”
06 avg 2022 08:20
Yangiliklar
Arteta: “Asosiysi ilk o'yindagi g'alaba edi, ammo hali qiladigan ishlarimiz etarlicha”
APL 2022/23 yilgi mavsum ochilish o'yinida “Kristal Pelas” ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin “Arsenal” ustozi Mikel Arteta o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Eng muhimi birinchi o'yinda g'alaba qozonish edi, o'ziga bo'lgan ishonch va impulsni jamlab olish, shundan so'ng esa yaxshilashimiz kerak bo'lgan jihatlar haqida gapirishimiz mumkin va bugun rostini aytsam, ular juda ko'p edi.
Saliba bugun qoyilmaqom o'ynadi. O'yinni qanday boshlaganimiz va dastlabki yarim soatdagi o'yinimiz ajoyib bo'ldi, ko'proq gol urishimiz kerak edi. Bahsni o'zimiz xohlamagan tarzda o'tkazishimizga to'g'ri keldi. Bu erda muvaffaqiyatga erishish uchun ter to'kish kerak, buni uddaladik.
Zinchenko va Jezus g'alabaga qanchalar chanqoqligi ko'rsatishdi. Ular tavakkal qilishga va masuliyatni o'z bo'yniga olishga tayyor. Bu bizni haqiqatan ham kuchaytiradi”, deydi Arteta.
Fikrlar