Arteta: "Arsenal" boshqaruvida 100 ta g'alaba – bu ajoyib. Lekin, afsuski, bu sovrin emas"
14 mar 2023 16:05
Yangiliklar


Arteta: "Arsenal" boshqaruvida 100 ta g'alaba – bu ajoyib. Lekin, afsuski, bu sovrin emas"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "kanonirlar" ustozi sifatida 100 ta g'alabaga erishgani haqida gapirdi.
Bu APLning 27-turidan o'rin olgan "Fulxem"ga qarshi o'yinida (3:0) yuz berdi.
"100 ta g'alaba – bu ajoyib. Biz shunday davom etishimiz kerak. Men bundan xursandman, lekin afsuski, bu sovrin emas, shuning uchun biz hali ko'p yaxshilanishimiz kerak.
Bu ko'rsatkichga erishish – aql bovar qilmaydigan narsa va bu bizning klubda to'g'ri ish qilayotgan ko'plab odamlar borligini anglatadi. Jamoada katta hissa qo'shayotgan ko'plab futbolchilar bor. SHuningdek, muxlislarning qo'llab-quvvatlashi, jamoani butunlay o'zgartirib yubordi va uni energiya bilan to'ldirdi, shuning uchun men juda xursandman", – dedi Arteta.
Mikel Arteta "Arsenal" ustozi sifatida 100-g'alabasiga erishdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar