So’nggi yangiliklar

01:45А Серия. "Милан" кутилмаганда очко йўқотди  3 01:15Артета "Арсенал" "Челси" рекордини янгилашни истаётганини айтди  0 00:55Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" марказий баҳсда "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди  0 00:41Рубен Аморим "Ливерпуль" майдонидаги ғалаба ҳақида: "Бундан ҳаволаниш керак эмас, Гакпо 20 сантиметрга адашмаганида барчаси бошқача бўларди"  0 00:20Суперлига. "Қизилқум" – "Динамо" 2:0   0 23:50Касильясни тўнаб кетишди  5 23:36Акмал Рустамов: "Қизилқум" таркибидан ҳам термаларда футболчилар ўйнашига ҳаракат қиламиз"  1 23:19Эдин Терзич: "Санчо "Олтин тўп"ни ютишга қодир"  2 22:46Килиан Мбаппе кетма-кет иккинчи ой энг яхшиси бўлди  0 22:23Пау Кубарси: "Класикони бутун дунё кўради. Лекин мен босим ҳис қилмаяпман"  9 21:57Вадим Абрамов: "Мухлислар олдида хижолатдамиз"  3 21:45Футзал. Афғонистон ўсмирлари Ўзбекистонга 10та гол урди  8 21:26"Ливерпуль"нинг ўтган ойдаги энг яхши футболчиси аниқланди  0 20:55Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Динамо" устидан ишончли ғалабага эришди  51 20:17Рафинья класикода ўйнамайдиган бўлди  10

Arslanmirat Amanov: "Turkmaniston guruhda ikkinchi o'rin uchun kurashadi" Yangiliklar

Arslanmirat Amanov: "Turkmaniston guruhda ikkinchi o'rin uchun kurashadi"

Turkmaniston terma jamoasi sardori Arslanmirat Amanov anchadan beri O'zbekistonda faoliyat olib boryapti.

Mohir yarim himoyachi bungacha AGMK, “Buxoro” klublarida to'p tepgan bo'lsa, bu yildan “Lokomotiv” sharafini himoya qilmoqda. SHu oyning birinchi yarmida o'tkazilgan JCH-2022 saralash bosqichida Arslanmirat Turkmaniston terma jamoasi safida ikkita o'yinda ishtirok etdi. Yaqinda ushbu futbolchidan shu haqda intervyu oldik. 


- Arslanmirat, yaqinda Turkmaniston terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichida ikkita uchrashuv o'tkazdi va siz har ikkala o'yinda maydonga tushdingiz. Dastlab shu haqda fikr bildirsangiz. 

- Birinchi o'yinni safarda SHri Lanka terma jamoasiga qarshi o'tkazib, 2:0 hisobida g'alaba qozondik. SHri Lankaga ketishdan oldin ularning havosiga moslashish uchun Dubayda to'rt kun yig'in tashkil etdik. So'ngra SHri Lankaga bordik. Bu jamoaga qarshi o'yin birmuncha qiyin kechdi. 

Hamma saralashni g'alaba bilan boshlashni xohlaydi va o'z maydonida o'ynaganida yanada ko'proq harakat qiladi. Lekin uchrashuv davomida baribir bizning kuchli ekanimiz ko'rindi. O'yinni o'tkazib 7 sentyabr kuni Ashxobodga qaytib keldik va navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko'rdik. Ikkinchi uchrashuvni uyda Janubiy Koreya termasiga qarshi o'tkazdik. 

To'g'risini aytish kerak, ularga qarshi bellashuv juda qiyin bo'ldi. Janubiy Koreya bejizga Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri emas. Men koreyaliklar murabbiyi aralash tarkibni qo'ysa kerak deb o'ylagandim, yo'q, ular eng kuchli tarkibni maydonga tushirdi. Janubiy Koreya birinchi turda dam olgani bois bizga qarshi yaxshi tayyorlandi, bizda esa vaqt biroz kam bo'ldi.

 

- SHri Lankadagi stadionda muhit qanday ekan? 

- Ularda ham futbolga etibor berilayotgani ko'rinib turibdi. O'z jamoasini qo'llash uchun ko'plab muxlislar tashrif buyurdi.

 

- Siz gol urishga muvaffaq bo'ldingiz. Bu qanday sodir bo'ldi? 

- Ikkinchi taym boshlarida jarima to'pidan gol urdim. Umuman olganda g'alabada butun jamoaning hissasi katta. Hozirgi futbolda bitta o'yinchi bilan yutib bo'lmaydi. 


- Uyda Janubiy Koreya bilan bahs qanchalik og'ir kechdi? 

- Ha. Statistikaga qarang, Janubiy Koreya oxirgi 10ta jahon chempionatidan 9tasida chiqqan. Bu ham ularning kuchidan dalolat. Bu jamoaga qarshi himoyaviy o'yin ko'rsatishimiz malum edi. Janubiy Koreyaga qarshi ochiq futbol namoyish etish juda qiyin. Ikkita qo'pol xatoga yo'l qo'ydik va buning natijasida ikkita gol o'tkazib yubordik. Birinchisi o'yindan kiritildi, ikkinchisi jarima to'pidan.

 

- Turkmaniston terma jamoasida gol urish uchun vaziyat bo'ldimi? 

- Vaziyatlar bo'ldi, lekin ko'p emas. Janubiy Koreya 2:0 hisobida oldinga chiqib olgach bemalol harakat qila boshladi. SHundan so'ng bizda ham imkoniyat bo'ldi, biroq foydalana olmadik.

 

- Terma jamoangizda yangi murabbiy ish boshladi. U bilan ishlash qanday ketyapti? 

- Xorvatiyadan murabbiy tayinlandi. Yordamchisi ham xorvatiyalik. Hammamiz ishonch bilan qarayapmiz. Bilishimcha, bu murabbiy yaxshi joylarda ishlagan ekan. Hozircha yangi murabbiy qo'l ostida ikkita uchrashuv o'tkazdik, baribir nimanidir o'zgartirish uchun vaqt kerak. Murabbiy bizdan keng maydon bo'ylab harakat qilishimizni so'rayapti. Umuman olganda yangi murabbiy hujumkor futbolni yoqtirar ekan.


- Katta ehtimol bilan Janubiy Koreya guruhda birinchi o'rinni egallaydi. Turkmaniston ikkinchi o'rin uchun Livan va KXDR bilan kurasha oladimi?

- Hammaga ayon: guruh favoriti bu - Janubiy Koreya. Albatta, biz ham o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz, lekin ko'p narsa KXDR va Livan bilan o'zaro qanday o'ynashimizga bog'liq. O'ylaymanki, bu jamoalarga qarshi bemalol kurashsa bo'ladi.

 

- O'zbekiston terma jamoasi ilk turda Falastinga yutqazib qo'ydi. Bu sizni hayron qoldirdimi? 

- Men O'zbekiston terma jamoasi yaxshi o'ynadi yoki yomon o'ynadi deya olmayman. Faqat shuni aytishim mumkin, bu mag'lubiyat meni hayron qoldirdi. CHunki ancha paytdan beri O'zbekistonda yashab kelayotganim uchun o'zbek futbolini yaxshi bilaman va terma jamoangiz yanada ko'prog'iga qodir deb o'ylayman. Ammo bu - futbol, bazan hech kutilmagan voqealar sodir bo'lib turadi. Hozir hamma futbol o'ynashni o'rganib oldi. Lekin bu mag'lubiyat tasodif bo'lishi mumkin, keyingi o'yinlarda g'alaba qozonsa barchasi joyiga tushadi.


- Terma jamoaga borib keyinchalik yana klubga qaytganda muhitga moslashish tez kechadimi? 

- O'zbekiston va Turkmaniston ob-havosida farq yo'q. SHu bois iqlim tomonlama muammo ko'rmayman. SHri Lanka yoki Dubayga borsak boshqacha havo ekani birdaniga seziladi. Men O'zbekistondagi hayot tarziga ko'nikib bo'ldim, bu erda o'zimni uydagidek his qilaman. SHunday ekan, moslashish bo'yicha muammo yo'q.


- “Lokomotiv” negadir safar o'yinlarida yuta olmayapti. Bu nima bilan bog'liq deb o'ylaysiz? 

- Albatta, hamma o'yinni yutish qiyin. “Lokomotiv” ketma-ket uch yil O'zbekiston chempioni bo'ldi, lekin bu mavsum biz uchun sinov yili bo'lyapti. Bosh murabbiy o'zgardi va endilikda yangi murabbiy qo'l ostida o'zimizni ko'rsatishga harakat qilyapmiz. Lekin o'zimiz ham hayronmiz, safarda nima uchun yuta olmayapmiz deb. Vaholanki uyda ham, safarda ham taktimiz deyarli bir xil. 


X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика