So’nggi yangiliklar

17:10"Бавария" "Челси" ҳужумчисини ижарага олди  0 17:05CAFA Nations Cup. Ўмон Қирғизистон билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)   6 16:41"Комо" Деле Алли билан шартномани бекор қилди  0 16:14"Челси" Буонанотте трансферини расмийлаштирди  1 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  2 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  3 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  5 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  5 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  13 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  7

Arslanmirat Amanov: "O'zbekiston chempionati hali oldinda" Yangiliklar

Arslanmirat Amanov: "O'zbekiston chempionati hali oldinda"

O'zbekistonning amaldagi chempioni "Lokomotiv" jamoasi sharafini himoya qilayotgan Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchisi Arslanmirat Amanov "Turkmenportal"ga eksklyuziv intervyu berdi.

29 yoshli futbolchi bilan suhbat Turkmaniston terma jamoasining Dubay yig'ini oldidan "Ashxabad" stadionida bo'lib o'tdi.

- Arslanmirat, Osiyo Kubogidagi Yaponiya darvozasiga urgan golingiz musobaqaning eng chiroyli gollaridan biri deb tan olindi. O'shanda to'pning tezligi soatiga 113 kilometr tezlikka etgan edi. O'sha vaziyatni eslaysizmi? Qanday qilib 35 metr masofadan hisobni ochgan edingiz?

- Bunday darajadagi musobaqalarda har bir imkoniyatdan foydalanish kerak. Har bir holatda oxirigacha o'ynashingiz shart. Osiyo Kubogi - qitamizdagi eng nufuzli musobaqa va unda Yaponiya terma jamoasiga gol urish juda ham yoqimli holatdir. Biz Yaponiya va o'zimizning kuchimizni anglagan holda o'yinni himoyada o'tkazdik. Ammo bir vaziyatda raqib himoyasidagi chalkashlikni ko'rdim va menda uzoqdan bo'lsa ham zarba berish imkoniyati tug'ildi. Zarbam juda ham yaxshi chiqdi.

- Yaponiyaga qarshi 1-tur o'yinida Turkmaniston milliy terma jamoasi yomon harakat qilmadi. Ammo O'zbekiston va Ummon bilan o'yinlarda esa o'yinimiz chiqmadi. Sizning fikringizcha, 2019 yilgi Osiyo Kubogida jamoamiz nimaga zaif qatnashdi?

-Biz Osiyo Kubogiga chiqqanligimiz musobaqa davomida g'alaba tuyg'usini berdi. Ammo bu faqat Yaponiyaga qarshi birinchi tur o'yinidagina aks etdi. O'sha o'yinda salbiy natija bo'lganiga qaramasdan, biz o'zimizning ijobiy sifatlarimizni namoyish qila oldik. Qolgan o'yinlarda esa bizga tajriba etishmadi. Ammo biz juda yomon yoki zaif o'ynadik deya olmayman. Bizda bunday bo'lgani yo'q. Biz guruxdan chiqishni juda ham xohlagan edik. Bu maqsadga erishish uchun ohistalik bilan kuchimizni to'g'ri taqsimlashimiz kerak edi. O'zbekiston bilan bo'lgan o'yinda esa raqibga o'yinini namoyish etishga imkoniyat yaratib berdik. Yakunda bizga tajriba etishmasligi pand berdi.

- Osiyo Kubogidan so'ng sizda Toshkentning "Lokomotiv" jamoasida o'ynash imkoniyati paydo bo'ldi. O'zbekiston chempioni safiga o'tishda qaror qabul qilish qiyin kechdimi?

- Yo'q. Oldin ham bir necha bora O'zbekiston OAV lariga bergan intervyularimda klubga o'tishimdagi eng katta sabab - jamoaning O'zbekiston chempioni bo'lganligini takidlaganman. Menga har doim "Lokomotiv" klub sifatida juda ham yoqqan. Bu klub faqatgina menga emas, O'zbekistondagi ko'plab odamlarga ham yoqadi. "Lokomotiv" - mamlakatning amaldagi chempioni. Jamoaning yuqori darajadagi futbolchilari maydonda doim intizomli o'yin namoyish etishadi. Bunday klubda o'ynash juda ham yoqimli. SHuning uchun, ko'plab jamoalardan olgan takliflarimga qaramasdan, hech ikkilanmay "Lokomotiv"ni tanladim.

- Sir bo'lmasa, qaysi davlatlardan takliflar bo'ldi?

- O'zbekistondan tashqari juda ko'p davlatlardan takliflar kelib tushdi. Faoliyatimni davom ettirishim mumkin bo'lgan 5ta variant bor edi deya olaman. Ammo ularning nomini ayta olmayman. CHunki bu allaqachon o'tib ketdi.

- Siz yangi klubingizdagi o'rningizdan qoniqyapsizmi?

- Hudoga shukur, hozir hammasi joyida. Jamoa - yaxshi, rahbariyat meni ham alo darajada kutib oldi. Bu erda o'zimni yaxshi his qilyapman. "Lokomotiv"da "Biz - bir oilamiz" deb gapiramiz. Yangi futbolchi jamoaga kelganda esa "Oilamizga xush kelibsan" deymiz. SHunday ekan moslashish jarayonida umuman muammo bo'lmadi.

- "Lokomotiv" safida CHempionlar Ligasidagi debyutingiz haqida nimalar deya olasiz?

- Bu yilgi CHempionlar Ligasida o'yimizni ko'rganlar jamoa yomon o'yin ko'rsatdi deya olishmaydi. Bizga ozgina omad etishmadi. Barcha o'tkazib yuborgan gollarimiz o'zimizning xatolarimiz tufayli yuz berdi. OFK CHempionlar Ligasi ichki chempionat emasdirki, unda xatolarni keyinchalik to'g'irlab bo'lsa. CHempionlar Ligasida har qanday xato o'yin tizginini yo'qotishga olib keladi va jazo ham muqarrar bo'ladi. 

- "Lokomotiv"ga bu yil qanday vazifa qo'yilgan?

- "Lokomotiv" har doim o'ziga yuqori maqsadlarni qo'yib kelgan. Bizning vazifamiz O'zbekiston chempionati va kubogini yutishdan iborat. Bizning asosiy maqsadlarimizdan biri esa CHempionlar Ligasini yutish edi, ammo avval takrorlaganimdek, bu musobaqada bizga omad etishmadi. Mamlakat chempionati esa hali oldinda.

- Turkmaniston milliy terma jamoasi o'yinlarini sog'indingizmi?

- Albatta! Terma jamoadan chaqiruv olish doim yoqimli. Men milliy terma jamoada o'ynayotganimdan mamnunman. Bu har qanday futbolchi uchun katta sharafdir.

- 9 iyun kuni bo'lib o'tadigan Ugandaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi haqida nima deya olasiz?

- Hozir barcha jamoalar o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazyapti. Turkmaniston Futbol Federaciyasi xorvatiyalik mutaxassislarni jamoaga taklif etgani juda ham yaxshi holatdir. Yaqinlashayotgan o'yinlar har bir futbolchi uchun yangi murabbiy oldida o'zining imkoniyatlarini namoyish etish uchun bir imtihon deb bilaman. Bu terma jamoa murabbiylar shtabi uchun ham jamoani shakllantirish va yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazish uchun yaxshi imkoniyatdir. SHuning uchun Turkmaniston Futbol Federaciyasi ushbu xalqaro o'rtoqlik uchrashuvini tashkillashtirgani ayni muddaodir. Biz bunday uchrashuvlarni ko'proq tashkil etishimiz kerak, shundagina yigitlar tajriba orttirib, rasmiy uchrashuvlarda yaxshi ishtirok etishadi.

- Sizda xorvatiyalik mutaxassislar qanday taasurot uyg'otdi?

- Bu men uchun yangi murabbiylar qo'l ostidagi birinchi yig'in. Mashg'ulotlar yaxshi o'tyapti. Qolganini esa vaqt ko'rsatadi.

- Murabbiyning dastlabki talablaridan so'ng terma jamoa uchun yana o'ynashga tayyormisiz?

- Albatta! Men har doim terma jamoaga taklif qilinganimda xursand bo'laman. Yana takror aytaman, terma jamoada o'ynash - har bir futbolchi uchun katta sharafdir.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика