So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  1 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  24 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  3 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

Arslanmirat Amanov: "Jahon chempionatiga chiqish Turkmaniston uchun ulkan muvaffaqiyat bo'ladi" Yangiliklar

Arslanmirat Amanov: "Jahon chempionatiga chiqish Turkmaniston uchun ulkan muvaffaqiyat bo'ladi"

Turkmaniston terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichida ishonch bilan odimlamoqda.

Albatta, beshta turdan so'ng Turkmaniston o'z guruhida birinchi o'ringa chiqib oladi deb kim o'ylabdi deysiz. Lekin yon qo'shnilarimiz uyda Janubiy Koreyaga mag'lub bo'lib ham 9 ochko bilan peshqadam bo'lib olishdi. Agar Turkmaniston keyingi bosqichga chiqadigan bo'lsa, bu katta sensaciya bo'ladi. 

Terma jamoa sardori Arslanmirat Amanov FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida saralash o'yinlari haqida fikr bildirdi. "Qoraqum jangchilari" guruhda Janubiy Koreya, KXDR, Livan va SHri Lanka jamoalariga qarshi bahs olib bormoqda. 

Turkmaniston saralashni avvaliga ikkita mag'lubiyat boshlab, shundan so'ng qatorasiga uchta o'yinda zafar quchdi. Bu jamoaning o'z maydonida KXDR ustidan 3:1 hisobida zafar quchishi o'ziga xos shov-shuvni keltirib chiqardi. 

Arslanmirat guruhdagi vaziyat haqida gapirar ekan shunday deydi: "Biz birinchi o'ringa chiqib olganimizdan xursandmiz. Bu osonlikcha qo'lga kiritildi deb o'ylamayman. Lekin haqli ravishda oxirgi uch bellashuvda g'alaba qozondik. Buning uchun qattiq mehnat qildik. Albatta, hali yana uchta o'yin bor va erkinlikka berilish kerak emas. Xalqimiz xursand bo'lishi uchun oxirigacha kurashamiz va keyingi bosqichga o'tishga harakat qilamiz".

 


O'sish uchun harakat qilayotgan jamoa 

1994 yildan beri OFK azosi hisoblanadigan Turkmaniston bungacha o'tgan oltita jahon chempionati saralash o'yinlarining barchasida ishtirok etgan. Lekin afsuski, hammasida muvaffaqiyatsizlikka uchragan. JCH-2018 saralash bosqichida Turkmaniston Eron bilan 1:1 o'ynab, Ummon va Hindistonni mag'lub etgan holda juda yaxshi taassurot qoldirgandi. 

30 yoshli yarim himoyachi o'sha davrlarni ham yodga oldi: "Uch-to'rt yil oldingi o'yinlar haqida gap ketganda ahil jamoamiz bo'lganini hamda yigitlarda o'sish kuzatilganini ayta olaman. Biz ham jahon chempionatiga chiqishga yaqin kelgandik". 

Malumot uchun, Arslanmirat Amanov 11 yildan beri milliy terma jamoada to'p tepib kelyapti va bu orada 44ta o'yin o'tkazishga ulgurgan. O'tgan yil KXDR mag'lub etilgan bahsni Amanov zavq bilan eslaydi: "Bu bahsda har jihatdan o'zimizni ko'rsata olgandik. Nimani maqsad qilgan bo'lsak hammasi alo darajada kechgan. G'alabaning asosiy sababi muxlislarimiz deb o'ylayman. Butun stadion bizni tinmay olqishlab turgandi, shu bois yutmasak bo'lmasdi".

 

Oldinda kutib turgan qiyin o'yinlar 

Turkmaniston terma jamoasining maqsadi bitta: nima qilib bo'lsa-da keyingi bosqichga chiqish. Garchi turkmanlar guruhda birinchi o'rinda ketayotgan bo'lsa-da, hali oldinda uchta bahs bor. Va eng asosiy o'yinlar Janubiy Koreya va Livan bilan kechadi. 

- "Bu ikki jamoa bilan birinchi o'yinlarda yaxshi harakat qildik, - deydi Amanov. - SHunchaki omad kelmay qolgandi. O'ylaymanki, javob uchrashuvlari biz uchun yaxshi kechadi. Faqat hozircha navbatdagi o'yinlar qachon bo'lib o'tishi malum emas. Hammasi butun dunyoni vahimada ushlab turgan koronavirusdan so'ng OFK chiqaradigan qarorga bog'liq". 

- "Hozircha jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy tomonidan berilgan ko'rsatma bo'yicha uy sharoitida shug'ullanib turibman. Qolaversa taktik uslublar ifodalangan turli videoroliklarni ko'ryapman. Jahon chempionatiga chiqish Turkmaniston uchun katta ahamiyat kasb etadi. Lekin buning uchun avval hal qiluvchi bosqichga o'tib olishimiz lozim. SHunda FIFA reytingida yana yuqoriga ko'tarilib olamiz. O'ylaymanki, biz ham Osiyoning etakchi jamoalari bilan bemalol o'ynay olamiz va buni keyingi bahslarda ko'rsatishga harakat qilamiz".

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика