So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

"Arsenal"ning foydasiz transferlari Yangiliklar

"Arsenal"ning foydasiz transferlari

Teglar :  Arsenal
Ko'pchilik "Arsenal"ni extiyotkorona va aqlli transferlarni amalga oshiradi deb o'ylaydi, aslida unday emas.

Ha, tarix "kanonirlar" tarkibni kuchaytirishga qodirligini tasdiqlaydi, biroq, bundan tashqari, istiqbolli xaridlar ichida foydasizlari ham bo'lgan.  Bugun biz klub rahbarlari tomonidan ko'p narsa kutilgan, ammo kutilganidan muvaffaqiyatsiz kechgan transferlariga to'xtalib o'tamiz.   

Julio Baptista 

Ha, Baptista ijaraga kelgan, ammo u shu qadar mashhur ediki, muxlislar undan tezroq qahramon bo'lib ketishini kutishgan. Oxir-oqibat, u Liga kubogining chorak finalidagi to'rtta goli bilan esda qoladi - o'shanda "Liverpul" uning qurboni bo'ldi.  Maqtanish uchun boshqa natija yo'q - "Arsenal" uni sotib olishni xohlamadi va braziliyalik Ispaniyaga qaytdi. 

SHkodran Mustafi 

Bu vaqtga kelib, "to'pchilar" uzoq vaqt markaziy himoyachi qidirishdi va 2016 yilda nihoyat yangilik sodir bo'ldi. Venger iqtisod qilmasdan, tayyor futbolchini xarid qilishga erishdi. 

O'shanda londonliklar hamyonidan 35 million funt sarflangan. Natijada, ikki yil oldin Germaniya terma jamoasi bilan Jahon kubogini yutgan SHkodran Mustafi "Emireyts"da paydo bo'ldi. U Italiya va Ispaniyada ancha mashhurlikka erishgandi. Ammo, Angliyada barchasi boshqacha kechdi. Himoyachi kutilganidan salbiy o'yin namoyish etib kelmoqda. 

Jon Xartson 

1995 yili Jon Xartson "Arsenal" ga qo'shilganida, u ingliz futboli tarixidagi eng qimmat o'smirga aylandi. Uelslik vaqti-vaqti bilan imkoniyatga ega bo'ldi va hatto UEFA kubogi egalari kubogi finalida ham gol urdi. Umuman olganda esa u asosiy figura emas edi. Oqibatda 1997 yili o'yinchi "Vest Xem"ga o'tdi, u erda "Arsenal"dagidan yaxshiroq to'p tepdi. 

Mettyu Apson 

Apson "Arsenal"da yangi avlod himoyachilarining etakchisi bo'lishi kutilgandi, ammo Toni Adams ketishga shoshilmadi. SHuningdek, Apson ko'pincha formasi bilan bog'liq muammolarga duch keldi. 

U klub safida umumiy 57 marta o'ynagan. Angliyalik himoyachi jamoada olti mavsum o'ynaganini inobatga olmasangiz, faoliyati yomon emasdek tuyuladi. 

Frensis Jeffers 

Jeffers jarima maydonchasida yaxshi o'ynaydiganlar toifasidagi hujumchi edi. Lekin, hozir uni "Arsenal"da hech kim eslamaydi. U Angliya uchun bitta o'yinda qatnashib, gol kiritgani bilan faxrlanadi. 

 Richard Rayt 

Bir paytlar Venger ingliz yulduzini topishga jiddiy urinib ko'rganini yaxshi eslaymiz. Masalan, Richard Rayt - yangi Devid Simen bo'lishga vada bergan darvozabon edi. "Ipsvich" tarkibida boshqalardan ajralib turardi, ammo u "Arsenal" da o'sha ruhda davom eta olmadi.  

Klub unga ishonch bildirmadi va Simen bilan shartnomani uzaytirdi. Qo'shimchasiga Styuart Teylor nomzodini ilgari surishdi. 

Andrey Arshavin 

Uning nomi aytilishi bilan "Liverpul" bilan o'yinni yodga olamiz. Ha, u "Enfild"da 4ta gol urdi. Biroq, xuddi shu natijani qayd eta olgan futbolchini yuqorida eslab o'tgandik (Baptista). Demak, Arshavinni bu natija qutqara olmaydi. 

2009-2010 yilgi kampaniya rossiyalik uchun omadli kechdi. Jamoa uchun-chi?  

Afsuski, Arshavin oxir-oqibat klub uchun umidli futbolchi sifatida qaralmay qo'ydi. O'zining oxirgi uchrashuvida u Jiru va Kasorla bilan birga o'ynagandi. 

Mate Debyushi  

O'ng qanot himoyasidagi muammolarni echishi kutilgan francuz o'zini oqlamadi. Uning o'yini chiqmaganiga, balki, u olgan jarohatlar sababchidir, bunisi bizga qorong'u.   

Bilasizmi? Obameyang 5 oy ichida qancha o'yinda ishtirok etgan bo'lsa, Debyushi 3 yil ichida shuncha o'yinda ishtirok etgan. 

Lukas Peres 

Kutilganidek, 25 yoshida Greciya chempionligini qo'lga kirita olmagan ispaniyalik hujumchi 28 yoshida Premer-ligani zabt etolmasdi.  

Eslatib o'tamiz, Lukas uchun "to'pchilar" 17 million funt to'lashgan. Keyinchalik uni "Vest Xem" sotib oldi va sotdi. 

Jervino 

U yomon futbolchi emas edi, ammo "Arsenal" uni deyarli hech qachon eslamaydi. U debyutidayoq, qizil kartochka bilan "siylangan".  Venger uni Uolkott singari o'ynashiga umid bildirib,  "Arsenal"ga ko'p foydasi tegadi deb hisoblardi.   

SHtefan Lixtshtayner  

Londonliklar SHtefanni bepul taklif qilishganda, hamma xursand bo'lgandi: “yoshlar uchun namunali qariya keldi”. 

Oxir-oqibat, hech narsaga erishilmadi. "Arsenal"da Lixtshtaynerni eslaydiganlar bo'lmasa kerak. U Belerin bilan raqobatlasha olmadi, g'ayritabiiy o'yin namoyish etuvchi Meytlend-Naylzga ham ortiqcha muammo bo'la olmadi. 

Yaya Sanogo 

Sanogo "Arsenal" ga qo'shilganida, eng quvonganlar geymerlar bo'lgan bo'lsa kerak. CHunki, ular Football Manager’dagi malumotlarga tayanishadi.   

Francuz "Emireyts" kubogida raqib darvozasiga 4ta to'p kiritdi. Oradan vaqtlar o'tib, jamoani tark etdi hamda tezda unutildi. 

Denis Suares 

Suaresning ijarasi zarracha foyda keltirmadi. Ispan hatto, Kim CHelstrem("Arsenal"ga jarohat bilan kelib, ijarada to'p tepgan futbolchi)dan ham kam o'ynadi. Ana shunaqa gaplar! 

Emeri qo'l ostidagi “Arsenal” ushbu transfer oynasida  Vilyam Saliba (“Sent-Eten”), Gabriel Martinelli (“Ituano”), Dani Sebalos (“Real Mardid”dan, ijara), Nikolya Pepe (“Lill”) kabi foydali futbolchilarni xarid qildi. Umid qilamizki, yangi transferlar o'zini oqlaydi.   

Eslatib o'tamiz, 18 yoshli himoyachi Vilyam Saliba yangi mavsumni ijara asosida “Sent-Eten”da o'tkazadi. 

SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика