"Arsenal"ga qarshi o'yindan oldin Gvardiolada jiddiy yo'qotish
16 okt 2020 18:57
Yangiliklar


"Arsenal"ga qarshi o'yindan oldin Gvardiolada jiddiy yo'qotish
"Manchester Siti" yarim himoyachisi va etakchisi Kevin de Bryuyne APL 5-turidan o'rin olgan "Arsenal"ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi.
Bu haqda "shaharliklar" ustozi Pep Gvardiola malum qildi.
"Vaziyat jiddiy deb o'ylamayman, lekin menimcha u navbatdagi bir nechta o'yinni o'tkazib yuboradi. Ko'ramiz", - dedi Gvardiola.
Futbolchi Belgiya terma jamoasida jarohat olgandi. De Bryuyne Millatlar ligasi doirasida Angliyaga qarshi bellashuv (1:2)ning ikkinchi bo'limida almashtirilgan edi. O'sha o'yindan keyin u terma jamoa lagerini ham tark etgandi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" - "Arsenal" uchrashuvi ertaga, 17 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da start oladi. Uchrashuvdan matnli translyaciyani "Championat.asia"da o'qib borishingiz mumkin bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar