So’nggi yangiliklar

13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   0 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  0 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  13 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  14 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  2 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  5 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  15 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  3 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  13 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  8 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  1

"Arsenal" yana Gunnerzavr bilan ishlashga kirishdi. Maskot qaytdi, biroq endi kostyumni 27 yillik xodim kiymaydi Yangiliklar

"Arsenal" yana Gunnerzavr bilan ishlashga kirishdi. Maskot qaytdi, biroq endi kostyumni 27 yillik xodim kiymaydi

Bir necha kun oldin barchamiz "Arsenal" afsonaviy Gunnerzavrni ishga qaytarganidan xursand bo'lgandik.

Maskot koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz tufayli ishdan bo'shatilgandi – klubdagilar stadionda odamlar bo'lmagandan keyin ularning ko'nglini ko'tarish uchun xizmat qiladigan ishchining keragi yo'q, deb hisobladi.

Ammo qaror omma tomonidan ijobiy kutib olinmadi: muxlislar hayratga tushishdi, Venger g'azablandi, Mesut Ozil esa Jerri Key(27 yil Gunnerzavr libosini kiygan shaxs)ning ish haqi xarajatlarini o'z zimmasiga olishni taklif qildi.

Oradan bir-ikki oy o'tgach, Twitter’da Gunnerzavr haqidagi xushxabar paydo bo'ldi:

"Bugun "Emireyts"ga qaytdim"  

"Biz har doim Gunnerzavrni "Arsenal"ning muhim bo'lagi deb hisoblab kelganmiz, u butun dunyodagi muxlislarimiz orasida ham mashhur. Gunner hech qachon ketmagan, ammo koronavirus tufayli u omma oldiga chiqish imkoniga ega bo'lmadi"

Keyin hamma g'alabani nishonladi. Hatto Mesut O'zil retvit bilan munosabat bildirdi: 

"O'z joyingga qaytganingdan xursandman!"

Hammasi yaxshi ko'rinardi, ammo rahbariyat uchun yoqimsiz fakt aniqlandi – qo'g'irchoq ichida faxriy ishchi Jerri Key emas, balki boshqa odam edi. "Arsenal" Gunnerzavr rolini doimiy almashinuv asosida turli odamlar bajaradi, degan qarorga keldi.

Goal.com va Dazn jurnalisti CHarlz Uottsning aytishicha, Jerrini ishga qaytishga chaqirib, taklif qilishgan, ammo u o'z lavozimini boshqa nomzodlar bilan bo'lishishni xohlamagan. Uning o'g'li ushbu vaziyatga oydinlik kiritdi: 

"Vaziyatga oydinlik kiritish va mavzuni yopish vaqti keldi. Otam Gunnerzavr rolida "Arsenal"ga 27 yil davomida sodiqlik bilan xizmat qildi (dastlabki 14 yilda – bepul). U klubga futbol olamida va undan tashqarida tanilgan maskotni yaratishda yordam berdi. Klubning qarori tushunarli, chunki u endi to'laqonli ish emas edi, ammo Gunner o'z-o'zidan so'nmadi. U "Arsenal"ning barcha muxlislariga tanish bo'lgan yuragi va qalbini yo'qotdi.

Afsuski, "Arsenal" Gunnerzavr(otam)ni yangi normal holatga qaytarish rejasining maqbul usulini topa olmadi. Hatto merosni shaxsan o'zi etkazish va davomchilarga topshirish imkoniyati ham berilmadi. Aftidan, klub otamni yo'qolib ketish xavfi ostida turgan dinozavr deb o'yladi.

"Arsenal"ning olijanobligi doimo muhim ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Buni o'zim klubda ishlagan kunlarimdan eslayman. Va mening otam doimo ushbu tamoyilga rioya qilgan. Holat yauniga qarab, klubdagi hammada ham bu yondashuv mavjud emasligini tushundik.

Ushbu noyob asar bizning oilamizga va "Arsenal" muxlislariga juda ko'p yoqimli xotiralarni taqdim etdi. Ammo barcha yaxshi narsalar o'z nihoyasiga etadi.

Jorj Allenga otam uchun pul yig'adigan sahifa yaratgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Mesut O'zilga va qo'llab-quvvatlovchi xabarlarni yo'llagan, xayriya mablag'larini yuborgan "Arsenal"ning millionlab muxlislaridan minnatdorman – bu otam uchun juda katta ahamiyatga ega edi. Gap pul haqida emas, balki otamning Gunnervazr rolidagi 27 yillik sadoqati va yoqimli xotiralari haqida. Biz yig'ilgan barcha mablag'larni xayriya ishlariga sarflaymiz".

Jerri Key butun umr "Arsenal"ga muxlislik qildi: u 1963 yil birinchi uchrashuviga kelgan, so'ngra Junior Gunners (muxlis bolakaylar) va mehmonga boruvchi muxlislar azosiga aylangan. Jerri hatto akasining to'yini o'tkazib yuborgan, chunki o'sha kun "Arsenal"ning uy o'yiniga to'g'ri kelgan.

Aytgancha, "Arsenal"da maskot bo'lib ishlash Kilar oilasining umumiy ishidir. Jerrining o'g'li – Deniel Ki sahifasida u "Arsenal"ning birinchi rasmiy maskoti bo'lgani yozib qoldirilgan. Katta ehtimol bilan gap futbolchilarni maydonga olib chiqadigan maskot-bolalar haqida ketmoqda. 1983 yil avgust oyida bo'lib o'tgan "Arsenal" – "Luton" uchrashuvi dasturnomasida Deniel haqida yozishgan.

SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика