So’nggi yangiliklar

20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  0 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  15 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  0 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  49 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  5 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   12 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  26 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  4 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  4 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  34 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8

"Arsenal" va "Siti" o'zaro bahsda durang qayd etishdi Yangiliklar

"Arsenal" va "Siti" o'zaro bahsda durang qayd etishdi

Angliya premer ligasining 32-turidan o'rin olgan "Arsenal" - "Manchester Siti" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
APL, 32-tur.

"Arsenal" - "Manchester Siti" 1:1 (0:1)

Gol: Silva (18), Flamini (53)

"Arsenal": SHechsni, Sanya, Mertesaker, Vermalen, Gibbs, Arteta, Rosicki, Flamini, Kasorla, Podolski (CHemberleyn, 79), Jiru (Sanogo, 85).

"Manchester Siti": Xart, Sabaleta, Kompani, Demichelis, Klishi, Fernandino, Ture, Navas (Milner, 64), Silva, Nasri (Xavi Garsiya, 80), Jeko (Negredo, 84).

Ogohlantirishlar: Yaya Ture (31), Kompani (34), Rosicki (42), Silva (45), Xavi Garsiya (89) 


                                  MATNLI TRANSLYACIYA
                                           
YANGILASH

90+3` Uchrashuv yakunlandi! Durang!


90+2` CHemberleynning chalqancha uslubidagi zarbasi himoyachiga tegib Xartni qo'liga borib tushdi. Xavfli ko'rinish olgandi!

90+1` "Arsenal" hujumda harakat qilmoqda.

90` Uchrashuvga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

89` Kasorlaga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun Xavi Garsiyaga sariq kartochka.

88` So'nggi daqiqalar boshlanmoqda. Buyog'iga nimalar bo'larkin? Hozircha sokinlik...

87` "Siti" jarima zarbasini amalga oshirdi. Lekin bu mehmonlar uchun samarasiz yakunlandi.

85` Sanogo Jiru o'rniga tushdi.

84` Jeko o'rniga Negredo tushdi.

82` "Arsenal" bor kuchi bilan oldinga tashlanayotganicha yo'q. Qiziq. Arsen Venger hisobdan rozimi? Yoki durangni ham qo'ldan boy bermoqchi emasmi?

80` Nasri o'rniga Xavi Garsiya maydonda harakat qiladi.

79` Lukash Podolski o'rniga CHemberleyn maydonga tushdi.

78` O'yin tezligi biroz pasladi.

76` "Siti"da imkoniyat paydo bo'lgandi! Avvaliga Yaya Ture va Jeko vaziyatlardan foydalana olishmadi.

75` "Siti" pozicion hujumda harakat qilmoqda.

72` Jiruda imkoniyat bo'ldi. Lekin uning boshi bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

69` "Arsenal" tarkibida Flamini bugun juda faol harakat qilmoqda.

67` Arsen Venger jamoasi tashabbusni raqibiga topshirib qo'ygandek. Bu narsa "Arsenal"ga qimmatga tushishi mumkin. So'nggi daqiqalarda faqat "Siti" hujum qilmoqda.

66` "Arsenal" himoyalanmoqda.

64` Xesus Navas maydonni tark etdi. Jeyms Milner uning o'rnida harakatlanadi.

63` "Siti" o'yin tizginini yana o'z qo'liga olmoqda. Fernandinoning ajoyib zarbasi! To'p darvoza tusini ustidan o'tib ketdi. Xavfli zarba!

62` Mehmonlar standart vaziyatidan foydalana olishmadi.

61` Lukash Podolski!!!! Germaniyalik futbolchining zarbasini Xart qaytarib qolmoqda. "Arsenal" hisobda oldinga o'tib olishi mumkin edi-ya...

60` "Arsenal" o'yindagi ustunlikni o'z qo'liga olmoqda.

58` "Siti" jarima to'pini amalga oshirdi. Jarima maydonchasiga oshirib berilgan to'pni qabul qilishda "shaharlik"lar futbolchisi qoidani buzdi. Hujum tugamay qoldi.

56` Silvaga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

55` Buyog'iga yanada shiddatkor futbol ko'ramiz.

54` Uchrashuvda hisob tenglashdi!

53` GOOOOOOOOOOOOL! Flamini! 1:1! Lukash Podolskining qanotdan etkazib bergan to'pini Flamini Xart darvozasiga joylab qo'ymoqda! "Arsenal" o'yinga qaytdi!


52` "Siti"ning xavfli hujumi. Jekoga biroz aniqlik etishmadi.
 
51` Rosicki uzoqdan zarba yo'lladi. Noaniq.

50` "Arsenal" oldinga borishga majbur. Jamoa yutqazmoqda.

48` Xart to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

47` Gibbs burchak zarbasi ishlab oldi. "Arsenal" uchun imkoniyat.

46` Ikkinchi taym boshlandi!

Birinchi bo'lim qahramonlari: Silva va Jeko


45+2` Birinchi bo'lim yakunlandi! Tanaffus!

45+2` Birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

45` Gol muallifi Silva ham hakamning sariq kartochkasiga loyiq ko'rildi.

44` O'yin yana maydon markazida kechmoqda.

42` Rosicki hakam tomonidan ogohlantirildi.

38` "Siti" to'pni o'z nazoratiga oldi.

36` "Arsenal" ketma-ket hujumlar uyushtirdi. Lekin bu hujumlar besamar yakunlanmoqda.

35` "Arsenal" yanada aniqlikni oshirmasa bugungi o'yinda ijobiy natijaga erisha olmaydi.

34` Uchrashuvdagi ikkinchi ogohlantirish Kompaniga nasib etdi.

33` "Siti"ning himoya chizig'i bugun "kanonir"lik futbolchilarga imkon berishmayapti.

31` Raqib hujumini buzib qo'ygani uchun Yaya Turega sariq kartochka.

30` Nasri SHchesni darvozasiga zarba berdi. "Arsenal" darvozaboni o'z o'rnida.

28` "Siti" oldinga intildi. Burchak to'pi. "Arsenal" himoyachilari xavfni bartaraf etishmoqda.

26` "Siti" maydon markazidan o'tolmay qoldi. "Arsenal" raqibiga yuqori bosim uyushtirmoqda.

24` "Arsenal" hujumiga biroz "yovvoyi"lik etishmayapti. Mezbonlar faol. "Siti" esa aniqroq harakat qilmoqda.

22` Flamini gol urmoqda. Lekin bu vaziyatda yon hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi.

22` "Siti" jamoasi goldan keyin yana oldinga borishga harakat qilishmoqda.

20` "Arsenal" uchun omadsiz start. Bu vaziyatda "kanonir"lik futbolchilarni o'zlari aybdor. "Siti" esa qulay imkoniyatni qo'ldan boy bermadi.

18` GOOOOOOOOL! Silva! 0:1! "Arsenal" futbolchilari to'pni yo'qotishdi va "Siti" ushbu hujumni gol bilan yakunladi. Jekoning zarbasi darvozadan qaytdi va Silvaga tegib yana darvozadan joy oldi.

17` "Arsenal" raqib hujumini bartaraf etdi. Endi o'zlari hujumga otlanishmoqda.

16` Darvozalar oldida aytarli xavfli vaziyatlar sodir etilayotganicha yo'q. Lekin uchrashuvdagi keskinlik yuqori darajada.

14` Bu o'yin "Arsenal"ning chempionlik poygasidagi ishtirokini aniqlab beradi. Arsen Venger uchun ushbu bahsda g'alaba qozonish juda ham muhim sanaladi.

13` "Arsenal" faollikni oshirdi.

12` "Arsenal"ning uzoq o'ylagan hujumi Rosickining yiqilishi bilan tugadi. Lekin bosh hakam bu vaziyatda hech qanday o'yin qoidasi buzilmagan deb topdi.

10` "Siti"ning hujumi Navasning xatosi evaziga uzilib qoldi. Endi "Arsenal" oldinga o'tishi mumkin.

9` O'yin maydon markaziga ko'chdi.

8` Silva-Navas juftligi hozir "Arsenal" himoyasini biroz shoshiltirib qo'ydi. Lekin "kanonir"lik futbolchilar bu vaziyatda aniq harakat qilishdi.

7` Jamoalar asosan qanotlar orqali raqibga bosim uyushtirishmoqda.

5` "Arsenal" burchak to'pi tepdi. Lekin "shaharlik"lar himoyasi ushbu vaziyatdan osongina chiqib ketishdi.

3` "Siti" uchrashuvni hujumkorlik bilan boshladi! Navasning ajoyib zarbasiga birozgina aniqlik etishmadi. 

1` O'yin boshlandi!

Futbol muxlislari diqqatiga!  Uchrashuv "Sport" kanali orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi!

Uchrashuv boshlanishiga tobora juda oz vaqt qolmoqda.

Sanya va Flamini bugun asosiy tarkibda o'yinni boshlashadi

Bugun Arsen Venger Manuel Pellegrini qarama-qarshiligining ikkinchi qismi. Birinchi davradagi bahsda Arsen Venger o'z hamkasbiga (6:3) juda katta farq bilan mag'lub bo'lgan edi. Arsen Venger bugun o'sha alamli mag'lubiyat uchun revansh olishga urinib ko'radi.

Rosicki yaxshi kayfiyatda stadionga tashrif buyurdi

"Manchester Siti" posboni Xart o'yin oldi chigal-yozdi mashqlarni olib bormoqda


Bizga xabar qilinishicha, "Arsenal" - "Manchester Siti" o'yini "Sport" kanali orqali ham to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilishi mumkin. Hozircha aniq malumot yo'q. O'yin "NTV-PLYUS Futbol2" kanali orqali jonli ravishda olib ko'rsatiladi.

Assalomu aleykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Angliya chempionati 32-turning markaziy bahsi "Arsenal - "Manchester Siti" uchrashuvi saytimiz orqali matnli onlayn translyaciya qilinadi. Ushbu futbol-shousini Sizlar uchun SHahboz Beg'amov klaviaturani shaqllatib sharhlab boradi. O'ylaymanki, zerikishga vaqt bo'lmaydi. Har ikkala jamoa muxlislari onlayn tarzda o'z sevimli futbol jamoalarini qo'llab-quvvatlab turishlari mumkin! Demak uchrashuvdan onlayn reportajimizni sekin-asta boshlaymiz! Saytimizdan uzoqlashmang!

Jamoalar tarkibi malub bo'ldi!

"Arsenal": SHechsni, Sanya, Mertesaker, Vermalen, Gibbs, Arteta, Rosicki, Flamini, Kasorla, Podolski, Jiru.

"Manchester Siti": Xart, Sabaleta, Kompani, Demichelis, Klishi, Fernandino, Ture, Navas, Silva, Nasri, Jeko.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика