"Arsenal" va "Nyukasl" La Liganing yosh o'yinchisiga qiziqish bildirmoqda Yangiliklar

"Arsenal" va "Nyukasl" La Liganing yosh o'yinchisiga qiziqish bildirmoqda

Angliya Premer ligasining ikki nomdor klubi "Valyadolid" futbolchisi Ivan Fresnedaga qiziqishda davom etmoqda.

18 yoshli Ispaniya yoshlar terma jamoasi azosining vakillari kelasi hafta Angliyaga borib ehtimoliy transferni qilishadi. Yosh o'ng qanot himoyachisiga Angliya chempionatidan “Arsenal” va “Nyukasl” davogarlik qilmoqda. “To'pchilar”ning ispan himoyachisiga yondashuvi hozirda “Fulhem” bilan aloqada bo'lgani aytilayotgan Sedrik Soareshning o'rnini bo'shatishiga bog'liq.

Ivan Fresneda joriy mavsumda ispan klubi safida 11 ta rasmiy o'yinda maydonga tushdi. Uning hozirgi transfer qiymati 1 mln evroni tashkil etmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика