"Arsenal" va "Borussiya" PSJ futbolchisi uchun kurashmoqda
18 mar 2020 21:27
Yangiliklar


"Arsenal" va "Borussiya" PSJ futbolchisi uchun kurashmoqda
PSJ himoyachisi Toma Mene yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.
28 yoshli belgiyalikning yozda PSJ bilan shartnomasi yakunlanadi va u erkin agentga aylanadi. Futbolchining o'zi ham klub bilan kelishuvini uzaytirmoqchi emas. Mene o'z kuchini boshqa chempionatlarda sinab ko'rmoqchi. Unga ayni damda "Arsenal" hamda Dortmundning "Borussiya"si tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.
Unga "arilar" varianti ko'proq maqul kelmoqda. U erda terma jamoadoshi Aksel Vitsel ham harakat qiladi.
Mene ushbu mavsumda Liga 1ning 16 o'yinida qatnashdi va 1 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar