"Arsenal" va "Barselona" sobiq futbolchisi Bahraynda faoliyatini tikladi
07 iyu 2021 19:32
Yangiliklar
"Arsenal" va "Barselona" sobiq futbolchisi Bahraynda faoliyatini tikladi
40 yoshli Aleksandr Gleb "Al Holidiya" safiga qo'shildi.
"Al Holidiya" o'tgan yilning oxirida tashkil etilgan klub bo'lib, Bahrayn oliy divizioniga chiqishga muyassar bo'lgan.
Aleksandr Gleb o'tgan yili mart oyida faoliyatini yakunlaganini va keyingi faoliyati bo'yicha vaqt o'tib bir qarorga kelishini malum qilgan edi.
Malumot uchun, futbol yulduzi Belarusning 6 karra chempioni va 6 karra eng yaxshi futbolchisi sanaladi. U CHempionlar Ligasini yutgan yagona belaruslik o'yinchidir. Xavbek faoliyati davomida BATE, "SHtutgart", "Arsenal", "Barselona", "Volfsburg", "Birmingem Siti", "Krilya Sovetov", "Konyaspor", "Genchlerbirligi"da o'ynagan. Uning oxirgi jamoasi "Isloch" edi.
Gleb Belarus terma jamoasi tarkibida 80 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urgan.
Fikrlar