"Arsenal" urugvaylik hujumchini nishonga oldi
01 noy 2022 16:40
Yangiliklar
"Arsenal" urugvaylik hujumchini nishonga oldi
Hozirda MLS'da "Orlando Siti"da to'p tepayotgan urugvaylik hujumchi Fakundo Torres faoliyatini Tumanli Albionda davom ettirishi mumkin.
"Fichajes" xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchining xizmatlariga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. Tomonlar qishki transfer oynasida muzokara olib borishlari mumkin.
Fakundo o'tgan mavsumda MLS'da 33 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Premer-liga 14-turidan so'ng "kanonirlar" 31 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o'rindan ikki ochko oldinda bormoqda.
Fikrlar