"Arsenal" Uolkott bilan shartnomani uzaytirmoqchi
01 fev 2015 15:26
Yangiliklar


"Arsenal" Uolkott bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger klub rahbariyati hujumchi Teo Uolkott bilan shartnomani uzaytirishini istamoqda.
Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, londonliklar yaqin orada 25 yoshli futbolchiga 5 yillik shartnoma taklif qilishmoqchi. Teoning "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi 2016 yilda o'z nihoyasiga etadi. Uolkott "Arsenal" safida 2006 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Bu mavsumda tezkor hujumchi hozircha oltita o'yinda maydonga tushib raqiblar darvozasiga bir bor gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Fikrlar