So’nggi yangiliklar

10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  1 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  2 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  3 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  3 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  11 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  21 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  6 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  6 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  6 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  3 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  1 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5

London derbisida "Arsenal" zafar quchdi Yangiliklar

London derbisida "Arsenal" zafar quchdi

"Arsenal" hamda "Tottenxem" o'rtasidagi APLning 12-tur uchrashuvi o'z yakuniga etdi.

Arsenal

Shkodran Mustafi - 36', Alexis Sanchez - 41'

Premier League . 12-tur

18/11/2017, 16:30

0
:
2
Tugadi

Tottenham Hotspur

Stadion: Emirates Stadium, 59530 tomoshabin

Bosh hakam: Mike Dean

45'
90'
32'  Granit Xhaka
36'  Shkodran Mustafi
36'  Mesut Ozil
38'  Alexis Sanchez
41'  Alexis Sanchez
41'  Alexandre Lacazette
48'  Shkodran Mustafi
73'  Nacho Monreal
73'  Alexandre Lacazette (Francis Coquelin)
84'  Mesut Ozil (Alex Iwobi)
50'  Harry Kane
62'  Mousa Dembele (Harry Winks)
75'  Harry Kane (Fernando Llorente)
75'  Dele Alli (Heung-Min Son)

"Arsenal" – "Tottenxem" 2:0
Gollar: 1:0 – 36 Mustafi, 2:0 – 41 Sanches.
"Arsenal": CHex, Mustafi, Monreal, Kolashinac, Koselni, Ozil (Ivobi, 84), Remzi, Sanches, Djaka, Belerin, Lyakazett (Koklen, 73).
"Tottenxem": Loris, Vertongen, Devis, Tripper, Sanches, Eriksen, Dayer, Alli (Son Xyn Min, 75), Sissoko, Dembele (Uinks, 62), Keyn (Lorente, 75).
Ogohlantirishlar: Djaka (32), Sanches (38), Mustafi (48), Keyn (50), Monreal (73).

APL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

- Assalomu alaykum aziz, hurmatli, sevimli saytimiz o'quvchilari. Bugun Toshkentdan turib London shahrida bo'lib o'tadigan "Arsenal" - "Tottenxem" uchrashuvidan matnli translyaciyani amalga oshiramiz. Megabaytlarni ko'proq sotib oling, chunki bu sahifada uchrashuvdan suratlarni ham taqdim etib boramiz.

- Futbolchilar maydonda, ular raqiblariga omad tilashdi. Bahs bosh hakami Mayk Din esa maxsus tangasi yordamida uchrashuvni kim boshlab berishini hal qilmoqda. Asosiy tarkiblar bilan teparoqda tanishib olishingiz mumkin.

- "Arsenal" safida Mustafi safga qaytdi. Himoyachi jarohati tufayli "Arsenal"ga yordam bera olmayotgan edi.

- 60 ming muxlisni bag'riga sig'dirib turgan "Emireyts" stadionida London derbisi start oldi.

--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

1. Uchrashuvni "Tottenxem" boshlab berdi. Aniqrog'i, to'pga birinchi bo'lib "shporlar" tegdi.

2. O'yinning ikkinchi daqiqasi to'p almashish bilan o'tdi. Ananaga ko'ra, jamoalar bir-birini o'rganishmoqda.

4. Loran Koselni hujumga o'tish chog'ida Belerinni ortiga to'pni tashladi, tasavvur qilganingizdek Ektor bu uzatmani qabul qila olmadi.

5. Aleksander LYAKAZETT!!! Franciyalik raqib jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qildi va to'pni o'ngroqqa olib darvozaning uzoq burchagiga zarba berishga urinib ko'rdi. Urinish esa muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

6. Koselni ikkinchi qavatdagi kurashda xato qildi va to'pni Garri Keynga tashlab berdi. Keyn esa Lyakazett kabi jarima maydonchasiga kirib, to'pni o'ngroqqa oldi va zarba berdi. Uning zarbasi franciyaliknikidan farq qildi va darvoza tomon yo'l oldi. Ammo Petr CHex o'ziga kelgan Nike to'pini ushlab oldi.

9. "Arsenal" o'z maydonida pozicion hujumga tayanmoqda, "Tottenxem" esa o'zining mehmondagi o'yin uslubiga sodiq qolyapti. "SHporlar" qarshi hujumda o'ynashyapti.

11. Hozircha kichik ustunlik "Arsenal" tomonda va "to'pchilar" xavfli hujum tashkil qilishda raqibidan oldinda.

13. "Arsenal" himoyachilari yana xatoga yo'l qo'yishdi, bu safar ham ular Keyn tomonidan kechirildi. "Uchinchisi halol" degan iborani eshitgan bo'lsangiz kerak...

14. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich deyarli teng.

16. "Tottenxem" to'pni raqibga bermay, hujumlar seriyasini boshladi. Avvaliga Dele Alli darvoza tomon zarba berdi (futbolchi zarbani bartaraf etdi), keyin qanotdan uzatma bo'ldi, Koselni o'zini ko'rsatdi.

17. Ushbu maydondagi so'nggi 3ta o'yin durang bilan yakunlangan.

19. Remsi to'pni ikki "shporlar" orasidan Beleringa uzatdi, Ektor esa qanotdan jarima maydonchasi markaziga "prostrel" amalga oshirdi, biroq Lyakazett to'pga tegina olmadi va to'p maydonni tark etdi.

22. "Arsenal" uchrashuvdagi ilk burchak to'pini amalga oshirdi. Biroq foyda chiqmadi, ammo hujumning ikkinchi va uchinchi to'lqinlari burchak zarbasidan xavfliroq ko'rinish oldi. "Tottenxem" himoyachilari xavfni bartaraf etishdi.

25. "To'pchilar" chap qanotda tika-taka bilan oldinga o'tishga urindi va bu harakat burchak zarbasi bilan yakunlandi. "Arsenal"ning ikkinchi burchak to'pi ham samarasiz yakun topdi.

27. Endi "xo'rozlar" himoyachisi xato qildi. Futbolchi to'pni darvozabonga qaytarayotganda uzatma tezligi past edi, ammo Loris uni qutqardi va Sanchesdan oldinroq to'pga chiqib, xavfni yo'q qildi.

29. Belerindan ajoyib uzatmani qabul qilgan Ozil jarima maydonchasining o'ng qanotidan erlatib to'pni markazroqqa tepdi, himoyachilar bir amallab to'pni tashqariga chiqarib yuborishdi.

32. Uchrashuvdagi ilk sariq kartochka Granit Jakaga ko'rsatildi. U Dele Alliga nisbatan qo'pol o'ynadi.

33. Kristian Eriksen jarima maydonchasiga kirmasdan, aldamchi harakat bilan darvozaning yaqin burchagiga zarba berdi. Epchilligini ishga solgan CHex to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

35. Ikki jamoa ham vaziyatlar yaratishmoqda, biroq so'nggi uzatma yoki so'nggi zarbada xatolik yuzaga kelmoqda.

36. Aleksis "Arsenal" uchun ishlab bergan jarima zarbasi gol bilan yakunlandi! Mesut Ozil to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, Mustafi esa to'pga boshi bilan zarba berdi va to'p uzoqdagi ustunga tegib, darvozaga kirib ketishini taminladi. 1:0!

38. Aleksis Sanches Davinson Sanchesning oyog'iga tashlandi va Mayk Din tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

41. Belerin to'pni oldinga borayotgan Lyakazettga uzatdi, o'tkir burchakka kirib borayotgan Aleksander esa zarba berishni istamadi va Sanchesga to'pni uzatdi. Aleksis tanasiga tegib o'zidan uzoqlashayotgan to'pga bir amallab zarba berdi va Ugo Loris darvozasi ikkinchi marotaba ishg'ol qilinishiga muvaffaq bo'ldi. 2:0.

44. GARRI KEYN! U uch futbolchini aldab o'tishga erishdi, ammo zarbaga kelganda hujumchining omadi kelmadi.

45+2. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalar yakunlandi. TANAFFUS

- O'quvchilarimizga sahifamizdan chiqib ketmaslikni maslahat beramiz. Bir necha soniyadan so'ng sizlar uchun maxsus suratlarni saytga yuklaymiz.




46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

47. Birinchi bo'limdan so'ng hisob 2:0. Mustafi va Sanchesning gollari hozircha "Arsenal"ning hisobda oldinda borishini taminlamoqda.

48. Mustafi qoidani buzdi. U Garri Keynning ortida uning oyog'iga zarba berdi. Sariq kartochka.

49. Keyn Jakaga nisbatan qoida buzgandek bo'ldi. "Arsenal" futbolchilarining bosimi bilan Mayk Din Garri Keynga sariq kartochka ko'rsatdi.

50. Son Xyon Min mashg'ulotlarni boshlab yubordi. Pochettino bugun uni maydonga tushiradimi? Janubiy koreyalik kimning o'rnini to'ldiradi?

56. Kolashinac Keynni jarima maydonchasi ichida yiqitgandek bo'ldi, hamma Mayk Dinga qaradi. Yo'q, hakam penalti yo'qligini aytdi. Hujumning ikkinchi to'lqini Garri Keynning zarbasi bilan yakunlandi. Burchak zarbasi. Bu standart besamar yakunlandi.

60. Bir paytlar "Arsenal" sharafini himoya qilgan Lukas Podolski "tvitter"dagi sahifasi orqali hamyurti SHkodran Mustafini gol bilan tabrikladi.

63. Birinchi o'zgarish. Xarri Vinks Mussa Dembele o'rniga maydonga tushdi.

68. Qoida buzish bo'yicha mehmonlar oldinda.

69. Ozil boshlagan hujumni Aleksis Sanches zarba bilan yakunladi. Zarba noaniq.

71. Yana Sanches hujumni zarba bilan tugatdi. Bu safar ham omadsizlik. Forvard vaziyatlardan foydalanmasa uning o'rniga Jiru maydonga tushishi mumkin.

73. Hakam to'p maydonni tark etganidan foydalanib, oldinroq, Dele Alliga qarshi qoida buzgan Monrealni sariq kartochka bilan jazoladi.

O'zgarish. Lyakazett o'rniga Koklen maydonga tushdi.

75. "Tottenxem"da ikki kishilish o'zgarish. Garri Keyn - Fernando Lorente, Dele Alli - Son Xyon Min.

78. Kristian Eriksen jarima maydonchasiga kirmay turib, chap oyoq zarbasi bilan Petr CHex darvozasini nishonga olishga urindi. CHexiyalik posbon o'z joyida.

81. Erik Dayer ikkinchi qavatda CHex darvozasiga zarba berdi, posbon esa o'z ishini mukammal darajada bajarib, xavfni bartaraf etdi.

84. Mesut Ozil o'rniga maydonga Aleks Ivobi tushdi.

85. Ajoyib hujum! Eriksen to'pni Lorentega uzatdi, Fernando esa Son Xyon Min uchun ikkinchi qavatdagi to'pni yutib berdi. Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchisi esa to'pni darvozadan yuqoriroqqa tepib yubordi.

87. "Arsenal" qarshi hujumga o'tmoqda, biroq "Tottenxem" darvozasiga yana bir gol urish uchun aniqlik etishmayapti. Sanches va Ivobining harakatlari befoyda yakunlanmoqda.

90. Sanches raqib jarima maydonchasi yonida standart ishlab oldi. Uni esa Jaka amalga oshirdi. Granitning zarbasi darvozaga xavf solmadi.

90+1. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90+2. Aleksis Sanches himoyachi Sanchesni aldab darvozaga zarba berdi, Lorente esa o'z darvozasini goldan saqlab qoldi.

90+4. Son yana bir bor darvozaga zarba berdi, bu safar rikoshet CHexni qutqardi.

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика