"Arsenal" Tirni bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda
12 iyu 2021 11:48
Yangiliklar
"Arsenal" Tirni bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda
"Arsenal" himoyachi Kiran Tirni bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
"Kanonirlar" 24 yoshli shotlandiyalik futbolchi bilan yaxshilangan shartlar asosida yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Klub futbolchiga uzoq yillik asosiy tarkib o'yinchisi sifatida qaraydi va uning etakchilik sifatini qadrlaydi.
Tirni 2020/21 yilgi mavsum "Arsenal" tarkibida 38ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Fikrlar