“Arsenal” Teloni ijaraga olmoqchi
31 jan 2014 15:22
Yangiliklar


“Arsenal” Teloni ijaraga olmoqchi
“Arsenal” 22 yoshli hujumchi Kristian Teloni ijaraga olish uchun rasmiy taklif bilan “Barselona”ga murojaat qildi, deb xabar berdi Daily Mail.
“Kanonirlar” hujumchini keyinchalik to'liq sotib olish sharti bilan mavsum oxirigacha ijaraga olishmoqchi. Xabarlarga ko'ra, londonliklar muzokara olib borish uchun yaqin kunlarda Kataloniyaga borishadi. Ushbu mavsum Ispaniya chempionatining 13 ta o'yinida maydonga tushgan o'yinchi 2 ta golli to'p uzatishni amalga oshirgan.

Fikrlar