“Arsenal” so'nggi 39 yil ichidagi eng yomon mavsum startini amalga oshirdi
30 noy 2020 08:01
Yangiliklar


“Arsenal” so'nggi 39 yil ichidagi eng yomon mavsum startini amalga oshirdi
“Arsenal” APL 10-turida o'z uyida “Vulverxempton”ga mag'lub bo'ldi.
“To'pchilar” ortda qolgan 10 turda atigi 10 ochko jamg'ardi. Bu klubning Angliya yuqori divizionida 1981/82 yilgi mavsumdan beri qayd etgan eng yomon natijasidir. O'shanda London jamoasi 12 ochko to'plagandi.
Qayd etish joiz, o'tgan mavsum “Arsenal” APLning 13 ta turida 18 ochko to'plab 8-o'rinda borayotgan vaqtda Unai Emerini ishdan bo'shatgandi. Hozir esa “Arsenal” 14-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar