“Arsenal” so'nggi 27 yil ichidagi eng yomon natijasini qayd etdi
29 noy 2019 07:31
Yangiliklar


“Arsenal” so'nggi 27 yil ichidagi eng yomon natijasini qayd etdi
Londonliklar Evropa Ligasi 5-turi doirasida “Ayntraxt”ga 1:2 hisobida yutqazdi.
Unai Emeri jamoasi shu tariqa barcha musobaqalarni hisobga olganda ketma-ket 7 ta o'yinda g'alaba qozona olmadi. “To'pchilar” so'nggi 7 ta o'yinning 5 tasida durang qayd etgan, yana ikkitasida esa mag'lub bo'lgan. Bunday noxush natija klub tarixida so'nggi 27 yil ichida qayd etilmagan edi. Jumladan, “Arsenal” Arsen Venger qo'l ostida 22 yil (1996-2018) o'ynagan bo'lsa-da, biror marta bunday noxush seriya bilan to'qnashmagan. So'nggi bor bunday holat 1992 yilgi mavsum Jorj Grem bosh murabbiy bo'lganda qayd etilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar