"Arsenal" sobiq skauti: "Klub Sancho va Pulishich bilan shartnoma imzolashga juda yaqin edi"
08 mar 2021 08:00
Yangiliklar


"Arsenal" sobiq skauti: "Klub Sancho va Pulishich bilan shartnoma imzolashga juda yaqin edi"
"Arsenal" sobiq skauti Stiv Morrou klubning Jeydon Sancho, Jud Bellingem va Kristian Pulishich bilan shartnoma imzolashdagi muvaffaqiyatsiz harakatlari haqida gapirdi.
"Eng katta xato Sancho bo'lgan. Biz uni "Uotford"dan "Man Siti"ga o'tganida bir marta yo'qotdik, so'ngra u "shaharliklar"dan ketishga qaror qilgan payt. Biz u bilan shartnoma imzolashga juda yaqin edik, ammo uning oilasi Dortmundga yo'l olish yaxshiroq variant deb hisobladi.
Biz shuningdek Bellingemni ham qo'lga kiritishga yaqin edik. Nimadir bo'lmagan paytlar bo'ladi va siz buni qabul qilishingiz kerak.
Pulishichni rad etgandik, sabab u o'sha paytda jismoniy jihatdan yaxshi rivojlanmagan edi", - deydi Morrou.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar