"Arsenal" "Real"ning yana bir futbolchisini xarid qilmoqchi
30 avg 2021 16:15
Yangiliklar
"Arsenal" "Real"ning yana bir futbolchisini xarid qilmoqchi
Transfermarketweb xabariga ko'ra, "Arsenal" shu yozda Marko Asensioni sotib olmoqchi va bu transfer uchun 34 million funt to'lashga tayyor.
Agar kelishuv amalga oshsa, Asensio avvalroq "Real"da birga to'p tepgan Martin Edegor bilan yana uchrashadi. Norvegiyalik futbolchi o'tgan mavsumni "kanonirlar" safida ijarada o'tkazgan va shu yoz to'laqonli ravishda London klubiga ko'chib o'tgandi.
Mikel Arteta jamoasiga yana yangi futbolchilar zarurligi ko'rinib turibdi. "Arsenal" mavsum startidagi barcha 3 o'yinni boy berdi va birorta gol ura olmadi. Terma jamoalar o'yinlari bilan bog'liq pauzadan avval "Arsenal" Premer-liganing so'nggi pog'onasini band etib turibdi.
O’xshash yangiliklar
22:17
"Aston Villa" hujumchisini "Arsenal"ga qo'yib yubormoqchi emas. Klub kattagina taklifni rad etdi 8
Fikrlar