"Arsenal" "Real"ga qarshi maydonga tushadi

Aslanov Jasurbek
18 mar 2018, 14:28
Madridning "Real" klubi 3 iyun kuni "Arsenal"ga qarshi o'yin o'tkazadi.

Marca nashrining xabar berishicha, yozning uchinchi kunida o'tadigan bahs - xayriya uchrashuvi. Ushbu o'yinda ikki jamoaning afsonalari ishtirok etadi. "Santyago Bernabeu"da o'tadigan uchrashuvdan tushgan barcha pullar xayriya yo'lida sarflanadi.

O'yinni tribunada "Real" prezidenti Florentino Peres hamda "Arsenal"ning biznesni rivojlashtirish bo'limi direktori Piter Silverstoun kuzatib boradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca