"Arsenal" "Real" o'yinchisini ijaraga olmoqchi
24 dek 2020 14:28
Yangiliklar


"Arsenal" "Real" o'yinchisini ijaraga olmoqchi
Madridning "Real" klubi forvardi Vinisius Junior APL klubiga o'tishi mumkin.
20 yoshli hujumchining transferiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. "To'pchilar" Vinisiusni 2020/21 yilgi mavsumning so'nggiga qadar ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Junior "qirollik klubi"ga 2018 yilning yozida "Flamengo"dan o'tgan edi.
Braziliyalik hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 18ta o'yin (3ta to'liq o'yin)da maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar