"Arsenal" portugaliyalik futbolchiga qiziqmoqda
25 apr 2019 21:33
Yangiliklar


"Arsenal" portugaliyalik futbolchiga qiziqmoqda
"Everton" yarim himoyachisi Andre Gomesh "Arsenal" klubining qiziqishlar doirasiga tushib qoldi.
Malumot uchun, Gomesh "Barselona" jamoasining o'yinchisi sanaladi. 25 yoshli futbolchi londonliklar klubiga borib qo'shilishini "kanonirlar" rahbariyati istamoqda. Bunga sabab sifatida Aaron Remsining yozda klubdan ketishi ko'rsatilgan. Uning o'rniga aynan Andre munosib variant deb baholanmoqda. Lekin, "Arsenal" va "Barselona" o'rtasida bu borada muzokara o'tkazilganicha yo'q.
Andre Gomesh joriy mavsum APLda 26 uchrashuvda qatnashdi (1 tadan gol va assist).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar