"Arsenal" Pepening transferini yaqin 48 soat ichida elon qiladi
27 iyu 2019 16:38
Yangiliklar


"Arsenal" Pepening transferini yaqin 48 soat ichida elon qiladi
"Lill" forvardi Nikolya Pepe APL klubiga o'tishga yaqin.
Tomonlar futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishishgan. "Kanonirlar" futbolchining transferi uchun 80 million evro to'lashi haqida oldinroq xabar qilingan edi.
Pepe klub bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi. Xabar berilishicha, transfer yaqin 48 soat ichida elon qilinadi.
Pepe yakunlangan mavsum Franciya chempionatida 38ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 14 assistga erishgan.
24 yoshli vinger "Lill"ga "Anje"dan o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar