"Arsenal" o'yinchisi "Marsel"ga o'tmoqchi
03 iyu 2021 12:35
Yangiliklar
"Arsenal" o'yinchisi "Marsel"ga o'tmoqchi
"Arsenal" himoyachisi Vilyam Saliba faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin.
20 yoshli franciyalik futbolchi "Marsel"ga o'tishni xohlamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.
Saliba "Arsenal"ga 2019 yilda 30 mln evro evaziga o'tgandi. O'shanda himoyachi "Sent-Eten"ga ijaraga berib yuborildi. Saliba 2020 yilda Londonga qaytdi, ammo bosh murabbiy Mikel Arteta uni Evropa Ligasi uchun qaydnomaga kiritmadi. Markaziy himoyachi yanvarda ijara asosida "Nicca"ga yo'l oldi.
Saliba 2020/21 yilgi mavsum Franciya chempionati doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar