"Arsenal" Obameyang uchun bo'ladigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor
29 iyu 2019 15:51
Yangiliklar
"Arsenal" Obameyang uchun bo'ladigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor
"Arsenal" hujumchi Per-Emerik Obameyang borasida bo'layotgan takliflarni ko'rib chiqadi.
Xabarda aytilishicha, London klubi CHempionlar Ligasiga chiqa olmaganligi tufayli pulga muhtoj bo'lib qolgan.
Obameyangga "Manchester Yunayted" klubi qiziqish bildirmoqda.
Futbolchi "Milan" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Milan" uni turli yillarda "Dijon", "Lill", "Monako" va "Sent Eten" klublariga ijaraga bergan. Gabonlik futbolchi "Arsenal"dan oldin Dortmundning "Borussiya" klubida to'p tepgan edi.
"Arsenal" forvardi yakunlangan mavsum klubi tarkibida 52 o'yinda maydonga tushib, 34ta gol va 7ta assistga erishgan.
Fikrlar