"Arsenal" Obameyang sababli bir futbolchisidan voz kechmoqchi
14 iyu 2020 14:14
Yangiliklar


"Arsenal" Obameyang sababli bir futbolchisidan voz kechmoqchi
"Arsenal" rahbariyati hujumchi Per-Emerik Obameyangni tarkibda saqlab qolmoqchi.
Gabonlik forvardning klub bilan shartnomasi kelasi yili yozda yakuniga etadi. "Kanonirlar" esa etakchi forvardni yo'qotishni istamayapti.
"The Sun" xabariga ko'ra, shu sababdan londonliklar akademiya tarbiyalanuvchisi Eynsli Meytlend-Naylsni sotib yuborib, transferdan tushgan mablag'ni Obameyangga maosh qilib bermoqchi.
Ushbu mavsumda Per-Emerik Obameyang "Arsenal" tarkibida barcha turnirlarda 32 o'yinda 20 bora raqiblari darvozasini ishg'ol qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar