So’nggi yangiliklar

14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  1 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  5 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4

"Arsenal" muxlisasi Sevara Nazarxondan "CA" uchun eksklyuziv Yangiliklar

"Arsenal" muxlisasi Sevara Nazarxondan "CA" uchun eksklyuziv

Bundan bir necha yil avval "Bunyodkor" uy uchrashuvlarini "Jar" stadionida o'tkazardi.

SHunda tanishlarimidan biri nima uchun stadionga tashrif buyurishini aytib, Sevara Nazarxonning "Vatanim" qo'shig'ini hirgoyi qilar edi.

"Sen  shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim o'zingsan,
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o'zing,
Ulug'imsan, VATANIM ..."

Aynan shu qo'shiqni tinglash uchun stadionga kelar ekan. O'yin avvalida va tanaffus paytida yangraydigan Sevara Nazarxonning ana shu qo'shig'i ko'pchilikka manzur bo'lardi.

Bejizga Sevara Nazarxon haqida eslamadim. Kuni kecha "Arsenal" va "CHelsi" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan o'yinning natijasi qolib, futbol va shou-biznes olamida sanatkorimizning "Emireyts" stadionida "Arsenal" futbolkasida tushgan surati ommaga tarqaldi. Fursatdan foydalanib, Abdurahmon Fozilov yordamida "Arsenal"ning o'zbekistonlik muxlisasidan intervyu oldik.



"2000 yildan buyon futbolga qiziqishim katta. Doimiy kuzatib bormayman-ku, lekin imkon bo'ldi deguncha "Arsenal" ishtirokidagi o'yinlarni tomosha qilishga harakat qilaman. Bu jamoani bejizga tanlamaganman. Har doim Londonga kelganimda men shaharning shimoliy hududiga joylashaman. Bu hudud esa "to'pchilar"niki. SHuning uchun ham bu klub mening "uy jamoamga" aylangan. Menimcha endi men, na "Barselona", na "Inter"ga muxlislik qila olaman", - deydi Sevara Nazarxon.

Afsuski, Arsen Venger shogirdlari shu kuni mag'lubiyatga uchradilar. Bu mag'lubiyat Sevara Nazarxonga qanday tasir qildi?

- Bundan yomon kunlar ham bo'lgan. SHunday mavsumlar bo'ldi-ki, klub premer-liganinig o'rtamiyonalari qatoriga tushib ketdi. Alam va achchiqlanish bo'ladi. Lekin buning bir o'yin ekanini unutmasligimiz kerak. Futbolda bir jamoa doim ham g'alaba qozonavermaydi. Premer-liga esa shunisi bilan ham qiziq. Turnir jadvalidagi so'nggi jamoa ham bu erda peshqadamni mag'lub etishi mumkin.

Nodirxo'ja Yuldashev.


Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика