So’nggi yangiliklar

00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  4 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  0 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  8 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  6 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  12 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  7

"Arsenal" - "Manchester Yunayted". Qiziqarli malumotlar va statistika Yangiliklar

"Arsenal" - "Manchester Yunayted". Qiziqarli malumotlar va statistika

Bugun Angliya Premer-ligasining 15-turidan o'rin olgan "Arsenal" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadigan super bahsga oid qiziqarli malumotlar va statistikani etiboringizga havola qilamiz.

Barcha turnirlarni qo'shib hisoblaydigan bo'lsak "Arsenal" va "Manchester Yunayted" 226 marta to'qnash kelgan. "Arsenal"ning umumiy g'alabalari soni 82ta, MYUda 94ta. O'yinlarning 50tasi Premer-liga doirasida o'tkazilgan. APLdagi bahslarning 13tasida "to'pchilar", 22tasida esa "qizil iblislar" g'alaba qozongan. 

Bu ikki azaliy raqiblarda o'ynagan futbolchilar ham bo'lgan.

"Arsenal"dan "Manchester Yunayted"ga o'tganlar:

Futbolchilar"Manchester Yunayted"ga o'tgan yili
Devid Xerd
1961
Yan Yur
1969
Jorj Grexam
1972
Frenk Stapelton1981
Viv Anderson1987
Endi Koul1995
Mett Viks1995
Robin van Persi2012



"Manchester Yunayted"dan "Arsenal"ga o'tganlar:

Futbolchilar
"Arsenal"ga o'tgan yili
Peddi Sloan1946
Jimmi Rimmer1974
Brayn Kidd1974
Jim Leyton1991
Devid Platt1995
Mett Viks1996
Mikael Silvestr2008
Denni Uelbek2014


"Arsenal" Premer-liga doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi uyida o'tkazgan so'nggi 5ta bahsning faqat 1tasida mag'lubiyatga uchragan (2ta g'alaba, 2ta durang). "To'pchilar"ning so'nggi ikki g'alabasida "Manchester Yunayted" gol ura olmagan.

Arsen Venger jamoasi uyidagi Premer-liga uchrashuvlarida ketma-ket 12ta uchrashuvda g'alaba qozondi. So'nggi bor "Arsenal" shunga o'xshash natijani 2005 yil fevralda "Xayberi" stadionida qayd etgan (ketma-ket 13ta g'alaba).

Mesut Ozil "Manchester Yunayted"ga qarshi APLning so'nggi to'rt uchrashuvda 4ta golda ishtirok etgan (2ta g'alaba, 2ta golli pas).


To'purarlar ro'yxatida "Manchester Yunayted" va "Arsenal" futbolchilari ketma-ket joylashishgan. Romelu Lukaku 8ta gol bilan to'purarlar jadvalida 7-o'rinni egallab turgan bo'lsa, Aleksandr Lyakazett 7ta gol bilan 8-o'rinda bormoqda.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика